STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 055 (Innocent in jail 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

55. Beayib zindonda 3


Qamoqxona eshiklari qattiq yopildi. Zindonboshi eshiklarni qulflab ketdi. Yusuf temir tosiqlar orqasida o’tirar edi. Aybsiz! U to’g’ri ish qilgani uchun qamoqxonada o’tiribdi. Buni tushuna olasizmi?

Yusuf qayta-qayta o’ylanaverardi.

(o’ylanyotganda musiqa cholinib turadi)

Ongining ko’zlarida Yusuf akalarini ko’rardi. Ko’p yillar oldin ular Yusufni Misrga kimgadir qul qilib sotib yubordilar. Xudo Yusufni ularning ustidan boshqaruvchi qilishini aytgani uchun akalari Yusufni yomon ko’rar edilar.

Peramida va Fir’avn yerida yashovchi Po’tifar Yusufni qul qilib sotib oldi. Yusuf Potifarning uyida ishni yaxshi boshqardi. Fir’avnning a’yoni Po’tifar Yusufning yaxshi tutgan ishiga hayratlanardi; oldin Po’tifarning bunday yaxshi xizmatchisi bo’lmagandi. Yusuf qilgan hamma ish omadli chiqardi. Biror u qilgan ish hato bo’lmas edi.

Men sizga buni sirini aytaymi? Xudo Yusuf bilan birga bo’lgan va unga yordam bergan.

Po’tifar butun mol-mulkini va dalasini Yusuvning nazoratiga topshirib qo’ydi. Yusuf chiroyli va kelishgan yigit edi. Po’tifarning xotini Yusufga ko’z suzib, Yusuf unga eri kabi munosabatda bo’lishini xohladi.

Bu to’g’rimi? Xudoning amri: ‘Zino qilmang’ – deydi. Amr oldin bo’lganidek hozirgacha o’z kuchida turibdi. Yusuf Xudoga quloq soldi va bunday yomon ishni qilmadi.

Bir kuni Po’tifarning xotini Yusufni yana vasvasaga solmoqchi bo’ldi.

Kimdir sizni yomon ish qilishga undasa nima qilasiz? Yusufga o’xshab ish tuting: u gunoh qilmasdan u yerdan qochib ketdi. Ayol Yusufni kiyimidan mahkam ushlab oldi, lekin Yusuf tashqariga qochib chiqib ketdi. Yusuf xo’jayinining xotini bilan gunoh qilishni tanlamadi. Lekin ayol jahli chiqib, Yusufni yo’qotmoqchi bo’ldi.

Eri ishdan kelganda ayol Yusuf uyga kirib, u bilan birga bo’lishga harakat qildi deb aytdi. Ayol baqirganida Yusuf to’nini tashlab qochib chiqib ketganini aytib, Yusufning to’nini ko’rsatdi. To’n isbot edi.

Po’tifar xotinining yolg’oniga ishondi va Yusufdan juda jahli chiqdi. Po’tifar shu zahotiyoq Yusufni qamoqqa tashlatdi.

Lekin Xudo qamoqda ham Yusuf bilan birga bo’ldi va shuning uchun hikoya hali tugamadi.

Hatto Yusuf haqiqatni ko’ra olmagan bo’lsa ham, Xudoning Yusuf uchun hali rejalari bor edi.

Yusufni haqidagi hikoya keyingi hikoyada davom etadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 07:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)