Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 056 (God forgets no one 4)
56. Xudo hech kimni unutib qo'ymaydi 4
Yusuf kutdi. Bir hafta o’tdi, keyin yana keyingi hafta o’tdi. Bir oy. Ikki oy … Ko’p vaqt o’tganidan keyin Yusuf o’yladi:
Yusuf: "Men aybsiz qamoqda o’tiribman. Nimaga hech kim meni bu yerdan olib chiqib ketmaydi?"
Yusuf bilan birga qamoqda o’tirgan bir odam qamoqdan ozod bo’layotgan paytida Yusuf haqida Fir’avnga aytishi haqida va’da berdi. Lekin Yusufni umuman unutib yubordi. Undan keyin ikki yil o’tdi. Lekin Yusufni unutmagan bir Zot bor edi. U Xudo edi. Xudo Yusuf buyuk boshqaruvchi bo’lishi haqida unga va’da bergan edi. Endi Xudo bergan va’dasini amalga oshirishni boshladi.
Fir’avn tush ko’rdi. Lekin uni tushi nimani bildirishini hech kim ta’bir qilib berolmadi. Shunda Fir’avnning bosh soqiysi birdaniga bir narsani esladi.
Soqiy: "Men tushlarni ta’bir qiloladigan bir kishini bilaman. U Yusuf. U aybsiz qamoqda o’tiribdi. Men umuman uni esimdan chiqaribman."
Fir’avn: "Menga darhol Yusufni keltiring."
Fir’avnning buyrug’i bajo keltirildi.
Yusuf Misr shohini yoniga kelib ta’zim qildi.
Fir’avn: "Sen tushlarni ta’bir qilasan deb eshitdim."
Yusuf: "Fir’avn janobi oliylar, men buni qilolmayman, aksincha Xudo qiloladidi."
Fir’avn: "Tushimda Nil bo’yida turgan ekanman. Daryodan chiqib o’tlab yurgan yetita semiz va chiroyli sigirlarni ularni ketidan chiqqan yettita yomon, badbashara, juda oriq segirlar yeb yubordi. Keyingi tushimda bitta poyadan o’sib chiqqan yettita to’liq va yaxshi boshoqni, ularning ketidan o’sib chiqqan ingichka, cho’l shamolidan qovjiragan, quruq yettita boshoqlar yutib yubordi. Bu nimani bildiradi? Aytib berolasanmi?"
Yusuf: "Xudo yetti yil buyuk farovon yil bo’lishini aytibdi. Misrda hosil mo’l bo’ladi. Lekin uning ketidan yetti yil qahatchilik yili keladi. Yech narsa o’smaydi. Bu albatta amalga oshadi. Fir’avn janobi oliylari bu yetti mo’lchilik paytida keyingi yetti yillikda bo’ladigan qahatchilikda xalq och qolmasligi uchun hosilni donolik bilan to’playdigan aqlli va dono odamni saylashingiz kerak."
Bu fikr Fir’avnga ma’qul keldi.
Fir’avn: "Yusuf, o’sha odam sensan. Xudo sen bilandir. Men seni boshqaruvchi qilib qo’yaman. Misrdagi hamma senga bo’ysunadi."
O’shandan boshlab Yusuf Misr yeridagi ikkinchi qudratli boshqaruvchi bo’ldi! Yuzufni o’zi bunga arang ishonardi. Hatto Xudo uni tashlab qo’yganday tuyilganda ham, Xudo uni unutmagan edi. Yusufning akalari yomon ko’rdilar, qullikka sotib yubordilar va u aybsiz bo’la turib qamoqqa tashlandi.
Yusuf mashaqqatli, qiyin o’n yilga chidaganiga tushunaman. Bu sizni ruhlantirsa, daldalantirsa kerak. Xudo hech kimni esidan chiqarmaydi. Hatto sizni ham esidan chiqarmaydi. Xudoga hayotingizni ishoning.
Xudo Yusufni hayoti orqali nima qilganiga hayron qolasiz.
Shuning uchun keyingi hikoyani eshitishga qaror qiling.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvch, Yusuf, soqiy, Fir’avn
Copyright: CEF Germany