STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 039 (Stoning and crowning)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

39. Tosh bo'ron qilish va toj kiydirish


5-qadamda yaxshi shug’illanildi va milliy sport natijalarini kutib turilardi. Hamma yaxshi ishtrok etdi. Oxirgi taqdimotda faxrli sovg’ani olganni ko’rib xursand bo’lishdi.

Sanjar g’oliblardek yugirdi. U yugurishni yaxshi boshladi, hammadan o’tib ketib marraga birinchi bo’lib yetib keldi. Tasavvur qilib bo’lmaydigan holat. Yaxshi boshlagan yugurishni va qadam tashlashni to’xtatmasligi kerak.

Bu Iso bilan yashaydiganlarga ham tegishlidir. Imonda Iso bilan boshlash muhimdir, lekin keyin bu biz qanchalik yugurishimiz va g’ayrat qilishimizga bog’liq. Iso bizga yordam beradi va Stefanga qanchalik yordam berganini men ko’raman. Ko’pchilik Stefanni imonidan qaytarmoqchi bo’ldi. Biz Muqaddas Kitobda bu odamlar kelib Stefanga qaytarish uchun har xil misollar keltirganini o’qiymiz. Lekin Stefan bunga kirib ketmadi. Bu hammani jahlini chiqardi. Ular hamma joyga Xudoga ishonadigan va kambag’allarga yordam beradigan Stefan haqida yolg’on tarqatdilar. Stefanni hatto Oliy Kengashgacha sudrab olib bordilar.

Ayblovchi: “Stefan Xudoni haqorat qildi va qonunga qarshi gapirdi.”

Oliy ruhoniy: “Bu ayblov to’g’rimi?”

Hamma Stefanga qaradi. Uning yuzi farishtaning yuzidek porlaganini ko’rdilar. O’zini himoya qilish o’rniga Stefan Iso to’g’risida ularga gapira ketdi.

Stefan: “Xudoning O’g’li yerga keldi. Sizlar Uni xochga mixladingizlar. Lekin Xudo Uni o’limdan tiriltirdi.”

Stefan hatto Oliy Kengashda ham Rabbiy Isoga sodiq qoldi. Keyin u osmonga qarab dedi:

Stefan: “Men osmonning ochilib Xudoning o’ng tomonida o’tirgan Isoni ko’ryabman.”

Bu so’zlar olomonni jahlini chiqardi, ular Stefanga tashlanib ketdilar. Ular uni urdilar, shahar tashqarisiga olib chiqib toshbo’ron qildilar. Stefan mustahkam turdi va Isoga sodiq qoldi. Ular uni toshbo’ron qilib o’ldirdilar. O’lishidan oldin u shunday ibodat qildi:

Stefan: “Yo, Rabbiy Iso men sening oldinga ketyabman, ularni gunohini kechirgin.”

Maqsad yo’li qiyin bo’ldi, lekin Stefan sodiq qoldi. Shuning uchun Iso unga ulug’ jamol tojini berdi. Qiyinchiliklar, hasad va mensimasliklar oxirgi yakun emas, Isoga ishonish va Unga sodiq qolish taqdirlanadi. Eng yaxshi onlar endi keladi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ayblovchi, Oliy ruhoniy, Stefan

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:36 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)