STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 040 (The small sailboat)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

40. Kichik suzish qayig'i


Va nihoyat ta’til keldi! Jobir bu vaqtni uzoq kutdi. U bu vaqtda uxlaydi va sevimli mashg’ulotiga shug’illangani ko’p vaqti bo’ladi.

U g’ayrat bilan parusli kema qurishda ishladi. Unga hatto dadasini ishxonasiga borishga ruxsat bor edi. Uni parusli kemada qilgan ishi kemani qizil va ko’k ranga bo’yagani edi. U g’urur bilan kemachasini to’lqinlarda suzgani qo’yib yubordi. Jobir bir guruh bolalar buni tomosha qilib, unga yaqin kelganini sezmay qoldi.

Bola: “Buni o’zing yasadingmi? Biz faqat uni olib suzdiramiz.”

Jobir birorta so’z demasdan oldin, bolalar uni kemachasini olib Jobirni o’zini esa qamish ichiga itarvorishdi. O’ziga kelib qarasa bolalar kemachasini olib ketishgan edi.

Ko’zida to’la yoshi bilan u uyiga qaytib keldi.

Otasi: “Men senga yangi kema sotib olib beraman.”

Jobir: “Lekin dada, men o’zim yasagan kemamni yaxshi ko’raman.”

Haftalar o’tdi. Bir kuni Jobir magazin oynasidan kemasini ko’rib qoldi.

Jobir: “Dada, ana mening kemam!”

Otasi: “Buni aniq bilasanmi?”

Jobir: “Ha, aniq. Kema uchidagi belgini ko’ryabsizmi?”

Jobir sotuvchi ayolning oldiga to’g’ri yugurib borib dedi:

Jobir: “Bu kema sizga tegishli emas. U menga tegishli.”

Jobirning dadasi hayron qolgan ayolga hamma narsani tushintirdi. Ayol bularni eshitib, dedi:

Sotuvchi ayol: “Men bu kemani bir guruh bolalardan sotib olganman. Men sizlar bilan kelishuv (bitm) tuzaman: men uni qabul qilgan narhga uni sotaman.”

Jobir rozi bo’ldi va o’zi yasagan kemani sotib oldi.

Uyga ketayotib u dedi:

Jobir: “Kichkina kemacha, endi sen menga ikki marta tegishlisan. Birinchi men seni yasadim (yaratdim) va ikkinchi marta men seni sotib oldim.”

Otasi: “Sen ham Xudoga ikki marta tegishlimisan?”

Jobir: “Nimaga ikki marta?”

Otasi: “Yaxshi, Xudo odamni yaratdi, lekin inson gunohi tufayli Xudodan uzoqlashdi. Iso xochda o’lib biz yana Xudoga tegishli bo’lishimiz uchun O’z hayoti bilan to’ladi.”

Jobir: “Va men Xudoga ikki marta tegishliligimni qayerdan bilaman?”

Otasi: “Isodan hamma gunohlaringni kechirishini, hayotingga kelishini so’ra va shunda sen Xudoning farzandi bo’lasan. Xudoni farzandi bo’lib sen Xudoga ikki marta tegishli bo’lasan.”


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, bolalar, Jobir, otasi, sotuvchi ayol

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:41 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)