STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 089 (Ringu at the bull race 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

89. Ringu xo'kiz musobaqasida 1


Hindistonning kichik bir qishlog’ida yashovchi Ringu buqalarga aravani bog’ladi. Keyin uning ota-onasi aravaga chiqdilar.

Ringu: "Battu,aravaga chiq, biz ketyapmiz."

Battu: "Urra, biz bozorga boramiz."

Ringu: "Keyin buqalar jangini nishonlaymiz."

Battu: "Ringu, agar sen musobaqada yutsang, men xursand bo’laman."

Ringu oldiga o’tirib aravani boshqarar ekan juda ham havotirlanar edi. Yo’l chakalakzor orqali o’tar edi. U yerda yo’lbarslar yashaydi va hatto yomon ruhlar bor deyishar edi.

Battu: "Tezroq hayda, Ringu, tezroq."

Ringu: "Haligi chet ellikni korarmikanmiz? U oq tanli, baland bo’yli odam, sizlar uni bilasizlar. Har doim yaxshi Xudo to’g’risida gapirib yuradi."

Shaharda hamma u yoqdan bu yoqqa yugurgan qayergadir shoshgan edi. Yetib borishgach Ringu birinchi bo’lib aravadan tushdi.

Ringu: "Oy, woy! Oyog’im!"

Uzun tikon uni tovoniga kirib ketgan edi. U tishi bilan tikonni olib tashladi. Keyin u cho’loqlanib ota-onasi bilan ketdi. Otasi bozor qilganda Ringu yashirincha banandan o’g’irlab oldi. Ringu o’girlikni nato’g’riligini juda yaxshi bilardi, lekin boshqalar ham o’g’irlaydilarku deb o’ylardi.

Ular ajoyib musiqani eshitib qoldilar. Ringu musiqa chalinyotgan tomonga yugurmoqchi bolib yugurgan edi, bir kishiga urilib ketdi. Ringu u kishiga urilganda o’sha kishining qo’lidagi qog’ozlari tushib ketdi. U kishi o’sha chet ellik edi. Ringu yugurmoqchi bo’lib turgandi, o’sha kishi uni ushlab qoldi.

Xizmatchi: "Do’stim bir daqiqaga to’xtagin, men senga shu qog’ozni bermoqchiman. Bu Xudodan xat. Unda sen uchun Xudoning sevgisi haqida o’qishing mumkin."

Ringu qog’ozni olib, cho’ntagiga soldi.

Musiqa to’xtadi, arfani cholayotga Hind o’rnidan turdi.

Pandu: "Mening ismim Pandu. Men yovuz ruhlarga qurbonlik qilardim va buqalarni ulug’lardim. Lekin endi men tirik Xudoni bilaman va Unga xizmat qilaman. U yagona, haqiqiy Xudodir."

Ringu bu so’zlar haqida o’yladi. Ertasiga do’mbara ovozidan uyg’onib ketdi. Oyog’i shishib ketgan edi. Otasi folbinni chaqirdi. Folbin Ringu yoniga yaqin kelganda Ringu titgan edi. Folbin mayda qalampirni yaraga sochdi va Ringuning qulog’iga pudadi. Ringu baqirib yubordi.

Ringu: "Ay! Ay!"

Qalampir va purkashlar qanday yordam beradi? Musobaqa boshlandi. Ringuda qattiq og’riq bor edi. Lekin Ringu o’zini qo’liga olib, kulishga harakat qilardi.

(miltiqning otilish ovozi)

Buqalar yugurishni boshladilar. Tomoshabinlar baqirar edilar. Ringu og’riqdan yana yig’ladi va aravani orqasiga yugurib ketdi. U qoqilib ketdi va keyinchi …?

Keyingi hikoyada nima bo’lganini aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ringu, Battu, xizmatchi, Pandu

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)