Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 090 (The angry teacher 2)
90. Jaxldor muallim 2
Battu: "Tezroq, Ringu, shoshil! Sen buni qilolasan!"
Ringuning oyog’i juda qattiq og’riyotga edi. Lekin Ringu buqalar poygasida yutishni xohlar edi. U o’zini qolga olib ko’p aravalardan o’tib ketdi. U marraga birinchi bo’lib yetib keldi.
Battu: "U g’olib bo’ldi! Ringu poygada yutdi!"
Battu quvonchdan sakrab yubordi. Otasi o’gli uchun g’ururlanar edi. Ringuning buqasining bo’yniga osilgan girlyand o’zidan nur taratar edi. Ringu og’riqqa jasurlik bilan chidadi. Lekin uyda uning oyog’i yanada yomonlashdi. Og’riq juda ham kuchaydi. Ringuning boshi og’rib, istima chiqdi.
Onasi: "Ringu ochiqlikda yotgin. Qara oq chet ellik bilan Pandu bizning qishlog’imizga kelyabdi."
Ringu: "Men uni bilaman. U har doim bu dunyoga O’g’lini Yuborgan yaxshi Xudo haqida gapiradi."
Sohib Grub: "Salom, biz quduq boshida rasmlar ko’rsatgani ketyabmiz. Sizlar ham taklif qilingansizlar. Kelasizlarmi?“
Onasi: "Uzr, biz bora olmaymiz. O’g’limiz kasal. Folbin unga yordam berolmadi. Sizlar bizga yordam berolasizlarmi?"
Ko’p odamlar chet ellik Ringuni oyog’ini tekshiryotganini ko’rdilar.
Sohib Grub: "Ha, men yordam berolaman. Faqat menga idishda to’la suv kerak. Keyin men bu kukundan tashlab eritaman. Isitma yaxshi. Ringu oyog’ingni suv ichiga sol. Dori seni tuzatadi."
Ringu: "Oyog’imni butunlay solaymi?"
Sohib Grub: "Albatta. Qo’rqma. Men sen uchun ibodat qilmoqchiman: Rabbiy Iso, Sen hamma narsa qila olasan. Iltimos Ringuning oyog’ini shifola va bu uyni qo’riqla. Omin."
Shifo va ibodat yordam berdi. Tez orada Ringu maktabga chiqdi. Ringu xizmatchi Sohib Grub bergan qog’ozni maktabga olib bordi. O’qituvchi buni umuman yoqtirmadi.
O‘qituvchi: "Qanday bo’lmagan narsa. Bu qog’ozda Masihiylarning Xodosi haqida aytilyabdi. Biz Hindlarmiz, bunga ishonma. Bunday qog’ozni boshqa biror kimdan hatto olmagin ham. Tushundingmi?"
O’qituvchi qog’ozni yumoloqlab burchakda turgan ahlat chelagiga tashladi. Lekin Ringu aqlli edi. O’sha kuni u hammadan keyin maktabdan ketdi va u qog’ozni cho’ntagiga solib yashirib olganini menimcha bilgan bo’lsangiz kerak.
Ringu: "Battu, Masihiylarni Xudosi haqida yana ko’proq eshitishni xohlardim."
Battu: "O’qituvchimiz nima deganini esingdan chiqardingmi? Agar uni aytganini qilmasang yovuz ruhlar seni yeydi."
Ringu: "Yovuz ruhlar Sohib Grubni yegani yo’qku. Men bu qog’ozni saqlab qo’yaman."
Battu: "Men qo’rqyabman."
Bundan keyin, bu kichkina Hind qishlog’iga mehmonlar kelishdi.
Men buni hammasi haqida keyingi hikoyada aytib beraman.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ringu, Battu,onasi, Sohib Grub, o’qituvchi
Copyright: CEF Germany