STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 094 (Bad conscience 6)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

94. Yomon tuyg'u 6


Ringu xizmatchini arfasini o’girlagan edi. Endi uni vijdoni qiynalar edi. O’girlik hech kimni baxtli qilmaydi. Buni ham bilib oldingizmi? Qayerdan o’g’irlashingizdan qat’iy nazar magazindanmi, onangizning cho’ntagidanmi farqi yo’q, baribir o’g’irlik xursandchilik olib kelmaydi. Bu yerda uni yana to’gi’rlashning to’g’ri yagona hal qilinish yo’li aytiladi.

Ringu mana bu yo’lni tutdi. U Isodan kechirim so’rab, o’g’irlagan narsasini qaytarib bermoqchi bo’ldi.

U aravani buqaga bog’lab arfani aravaga ortdi.

Battu: "Ringu, nima qilyabsan?"

Ringu: "Men arfani qaytarib bermoqchiman."

Battu: "Jinnimisan? Agar uni qaytarib bermoqchi bo’lsang, nimaga uni o’g’irlading? Sen Isoga ishonishni boshlaganingdan beri men seni tushunmay qoldim."

Ringu: "Aravaga chiq! Men hammasi haqida yo’lda ketayotib aytib beraman."

Ringu shaharga shoshilib bordi. Merryhonimni topganidan xursand bo’ldi. U Hindistonda Muqaddas Kitobni tarjima qilish markazida tarjimon bo’lib ishlar edi.

Merryhonim: "Ikkalalaringa salom. Meni sizlardan so’raydigan so’zlarim bor. Tarjimada bir necha Kurku so’zlarini yodimdan chiqibdi. Menga yordam berolasizlarmi?"

Ringu: "Ha, lekin men birinchi Sohib Grubni ko’rmoqchi edim."

Merryhonim: "U bu yerda yo’q. U juda qattiq kasal bo’lib qoldi. Samolyotda u uyiga amerikaga qaytib ketdi. Lekin shifokorlar uni boshqa shifolay olishmadi. Sohib Grub hozir osmonda."

Ringu: "Sohib jannatdami? Iso bilan birgami? Sohib u yerda albatta juda xursand. Lekin Sohib bu yerda boshqa biz bilan emas."

Bu xabar Ringuni juda xafa qildi. U yig’lab yubordi.

Merryhonim: "Qara, Sohibning rasmi. Uni olib qolishni xohlaysanmi?"

Ringu: "Katta raxmat. Bu menga Rabbiy Iso haqida aytib bergan Sohibimdir."

Merryhonim: "Ringu, Xudoning sening hayoting uchun rejasi bor. Xudo sendan U haqida boshqalarga aytishingni xohlashiga ishonaman."

Ringu: "Lekin, men arfani o’g’irladim. U aravada turibdi."

Endi sir ochilgan edi. Ringu o’zini yengil his qildi.

Merryhonim uni kechirdi. Og’ir yukdan ozod bo’lganday Ringu aravaga sakrab chiqib arfani qaytarib berdi.

Ringu: "Hayr Merryhonim. Keyingi safar men kelib sizga ko’p Kurku so’zlarni aytib beraman. Lekin hozir biz o’tin topishimiz kerak."

Yo’lda ketayotib Ringu ibodat qildi.

Ringu: "Rabbiy Iso, meni kechirganing uchun Senga katta raxmat. Iltimos men arfani qaytarib berganimni Sohibga aytib qo’ygin. Hozir men juda xorsandman va Senga xizmat qilishni xohlayman."

Battu: "Ringu, Menga Iso haqida aytib berolasanmi?"

Ringu: "Ha, Men senga Iso haqida har kuni aytib beraman."


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ringu, Battu, Merryhonim

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)