Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 093 (The Kurku-promise 5)
93. Kurku va'da beradi 5
Xursand bo’lib, Ringu qishloqqa yugurganicha qaytib keldi.
Ringu: "Yo’lbars o’ldi! Yo’lbars o’ldi! Biz uni o’ldirdik!"
Battu akasidan g’ururlandi.
Battu: "Sen ajoyibsan. Yo’lbarsni ovlayotgan paytlaringda qo’rqdilaringmi?"
Ringu: "Judah am qo’rqdik. Lekin men ibodat qilganimdan keyin yuragim tez urmay qoldi."
(motorning ovozi)
Ringu: "U menga Iso haqida aytgan oq chet ellik Sohib Grub bo’lsa kerak."
Battu: "Yuring, uning oldiga boramiz."
Bu ikki Hind bolasi borib hamma joyni loy bo’lib ketganini ko’rishdi. Xizmatchining moshinasi loyga tiqilib qolgan edi. Ringu buqalarini moshinaga bog’lab botqoqdan moshinani tortib olishdi.
Sohib Grub: "Zo’r bo’ldi. Ringu, yordaming uchun katta raxmat. Bugun men sen bilan hayrlashishim kerak. Biz uzoq vaqt bir-birimiz bilan ko’rishmaymiz. Yodingda bo’lsin Rabbiy Iso har doim sen bilan. Har doim Unga sodiq qolgin va Uni mamnun qiladigan ishlar qilgin. Gunoh seni baxtli qilmaydi. Xudodan xat hali ham senda turibdimi?"
Ringu: "Ha, u meni cho’ntagimda turibdi."
Sohib Grub: "Xudoni So’zini qalbingda asragin. Sen Unga ishonishing mumkin. Ha aytgancha mening arfam yo’qolib qolibdi."
Ringu qizarib ketdi. Arfani u o’g’irlagan edi. U arfani eski naves tagiga yashirib qo’ygan edi. Sohib buni bilarmidi?
Sohib Grub: "Menda uni qidirgani umuman vaqtim yo’q. Men uchun shu ishni qilolasanmi? Agar arfani topsang, shahardagi Merryhonimga berib qo’ygin. U menga arfani olib borib beradi, u har doim meni qayerda voizlik qilishimni biladi."
Ringu qo’llarini bukib, qulog’ini oldiga olib keldi. Hindlar va’da berishsa shunday qilishadi. Bu haqiqiy Kurku-Va’dadir.
Ringuning vijdoni qiynalib uyiga ketdi.
Ringu: "Nimaga o’g’ri menligimni aytmadim? Men qo’rqoqmqn. Rabbiy Iso, hali ham meni eshita olasanmi? Men bir narsa o’g’irladim. Meni kechir. Iltimos, meni gunohimni kechir va to’g’ri hal qilishimga yordam ber."
Bu holatda nima qilish to’g’ri bo’ladi? Ringuning fikriga darhol nima qilish kerakligi keldi. U o’girlagan narsasini qaytarishi kerak. Lekin bu qiyin. Boshqalar u haqida nima deb oylashadi? Yuragida sekingina aytilgan bir so’zni eshitdi. U ovoz unga: arfani qaytarib berib yana to’gri ish tutgin.
Bu ovozni siz ham bilasizmi? Bu o’girlikning natijasi qanday hal qilinilganini bilasizmi? Javobni keying hikoyada bilib olasiz.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ringu, Battu, Sohib Grub
Copyright: CEF Germany