STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 086 (Prayer prohibited 4)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

86. Man etilgan ibodat 4


Shohning amiru noiblari Doniyorni yo’qotishni xohladilar.

1chi noyib: "Oxirgi mish-mishni eshitdingmi?"

2chi noyib: "Albatta! Doniyor butun shohlik ustidan ikkinchi qudratli boshqaruvchi bo’larmish. Biz Doniyorning nuqsonlarini topishimiz kerak."

1chi noyib: "Buni topish oson bo’lmaydi."

2chi noyib: "Uni ishonchiga taaluqli narsadan sabab topsakchi. Doniyor bir kunda uch marta Xudoga ibodat qiladi. Biz bunga qarshi qaror yozib shohga olib borsak bo’ladi ..."

Nimaga uchun ular bunday qilyabdilar? Doniyor hech qachon bu odamlarga qarshi biror narsa qilmagan. Xudo Doniyorni Bobilda yuksak martabaga ega qildi. Shu sababdan boshqalar Doniyorni ko’rolmas edilar; hasad qilar edilar.

1chi noyib: "Hozir tez shohning oldiga bor. U hali ham yangi qonunni qabul qilyabdi."

2chi noyib: "Shoh Doro, biz hamma amru noiblar siz yangi bir amrni imzolashingizni so’raymiz. Bu amr shundan iboratki: hamma odam o‘ttiz kun mobaynida faqatgina sizga sajda qilsin. Kimki boshqa bir xudo yoki odamga sajda qilsa, sherlar uyasiga tashlansin. Bu farmon qat’iy ravishda amalga oshirilsin."

Shoh ularni qabih niyatlarini bilmay, yangi qarorga imzo qo’ydi. Lekin Doniyorning hayotida Xudo birinchi o’rinda turgani uchun, bu qaror uning hayotida hech narsani o’zgartirmadi! U ibodat qilishni davom ettirdi, Doniyorning dushmanlari uni kuzatib yurdilar.

1chi noyib: "Shoh Doro, mendan boshqa bironta xudo yoki odamga sajda qilinmasin, degan farmon chiqarmaganmidingiz?"

Shoh: "Ha, tog‘ri."

2chi noyib: "Doniyor hali ham kuniga Xudosiga ibodat qilyabdi. Biz uni ibodat qilayotganini ko’rdik. U sherlarga yem bo’lishi kerak."

Shoh: "Doniyor?"

Shoh Doniyorni yaxshi ko’rar edi va uni himoya qilmoqchi bo’ldi. Ammo qonun bajarilishi kerak edi.

Shoh: "Doniyor, Xudoying senga yordam bersin."

Doniyorni sherlar uyasiga tashladilar.

Shoh butun tun uxlamadi. Ertasiga ertalab shoh sherlar uyasiga yugurib bordi.

Shoh: "Doniyor, Xudoying seni asrab qoldimi?"

Doniyor: "Shoh hazratlarining umri boqiy bo’lsin. Xudo farishtasini yuborib sherlarning og‘izlarini berkitib qo‘ydi va sherlar menga hech qanday zarar yetkazmadilar."

Shoh buni eshitib xursand bo’lib ketdi va Doniyorni u yerdan chiqarishlarini buyurdi. Doniyorni hech qayeri tilinmagan ham, zarar yetmagan ham edi. Bu Xudoning mo’jizasi edi. Doniyorning martabasi yana oshirildi, uning dushmanlari esa sherlar uyasiga tashlandilar.

Shoh: "Shohligimdagi barcha odamlar Doniyorning Xudosini ulug’langlar, U qutqaradigan va yordam berdigan tirik Xudodir."

Doniyorning imoni katta natijalarga ega bo’ldi.

Tirik Xudo sizni ham mukofatlaydi Unga ishoning.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita amaldor, shoh, Doniyor

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)