STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 087 (I don’t want to live any more)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

87. Men yashashni boshqa istamayman


Maktabda darslar tugadi. Sevara a’lo boholar bilan tugatdi. U yaxshi tugatganlarni taqtimoti marosimini sabrsizlik bilan kutar edi. Qodir esa darslarni aksincha tugatdi. U darslarni oxirida sumkasiga narsalarini sekin solar edi.

Bahodir: "Hoy Qodir, tushlikdan keyin velosiped mingani boramizmi?"

Qodir: "Yo’q, bugun emas."

Bahodir: "Qo’ysangchi, butun tunni maktabda o’tkazmoqchimisan?"

Qodir: "O’zlaring boraveringlar. Men uyga bormoqchiman. Matematika va Nemis tilidan yomon baholar oldim. Agar dadam buni ko’rsalar, meni o’ldiradilar. Bundan ko’ra yaxshisi men o’zimni o’ldiraman. Boshqa yashashni xohlamayman. Men ikkichiman, ikkichilarni hech kim yaxshi ko’rmaydi."

Bahodir: "Bunday bo’lmagan gaplarni gapirma. Dadang seni juda yaxshi ko’radi. U senga ko’p narsalar sotib olib beradi."

Qodir: "Dadammi? Dadam faqat o’zini va ishini yaxshi ko’radi. Unga boshqa narsa muhim emas."

Bahodir: "Mening dadam boshqachadir. U faqat mening hatolarimni ko’radi. Keyin yomon so’kib urishadi. Bu meni qalbimga haqiqatdan og’ir botadi. Men boshqa yashashni xohlamagan vaqtlar ham bo’lgan."

Qodir: "Bugun qanday o’zingni his qilyabsan?"

Bahodir: "Bugun men Isoni borligini bilaman. Iso men hatto hato qilsam ham sevadi. Men mukammal bo’lmasam ham Isoni yoniga har doim bora olaman. Iso mening Do’stimdir. Men Isoni ko’rmasam ham, U har doim men bilan ekanligini bilaman. Men kuchli bo’lishim kerak emas; hatto Isoning oldida men yig’lay olaman. Bu men senga aytadigan omadimdir."

Qodir: "Zo’rku! Men ham bunga ishonishni xohlayman."

Bahodir: "Ketdik velosiped mingani, u yerda gaplashamiz. Uyinga birga boraymi? Agar kimdir sening yoningda tursa, balki dadang qattiq urishmas."

Qodir: "Bu zo’r fikr! Sen yaxshi do’stsan."

Bahodir: "Ta’til tugagandan keyin, uy vazifalarini biz birga bajarishimiz mumkin."

Bahodir do’sti bilan birga borgani yaxshi bo’ldi. Qodir bekorga asabiylashmadi. Mo’jiza sodir bo’ldi: Qodirni chorak baholarini dadasi ko’rib, hafa bo’lmadi. U hatto maktabdagi olgan yomon baholariga rozi bo’ldi.

Agar bola yomon bahoga o’qisa, chorak baholarni taqdimot yig’ilishida qatnashish ota-ona uchun qiyin bo’ladi.

Lekin Iso boshqachadir. Iso siz qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qabul qiladi. Iso sizni kuchliligingizni ham va ojizligingizni ham sevadi. Iso siz ko’p narsa qila olishingizni va u narsalar sizga qiyinligini ham biladi. Iso sizga yordam berishni xohlaydi. Shuning uchun qo’rqmang va Isoga ishoning. Isoni bilsangiz siz sinfdagi eng yaxshi o’quvchi bo’lasiz. Iso siz yaxshi o’qishingiz uchun yordam beradi. Iso siz odobli bo’lishni o’rgatadi va ta’lim olishda xursandchilik beradi.

Jasur bo’ling va Isoga ishoning. Siz Isoning yordami bilan o’ylaganingizdan ham ko’prog’ini qilolasiz!


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bahodir, Qodir

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)