STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 020 (On the run 5)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

20. Erkinlik 5


Ot aravalar shoh qasri tomon ketdilar. Yomg’ir quyib yubordi. Ot aravalar kelib to’xtashi bilan shoh Axab qasrga kirib ketdi.

Axab: “Izabel, Izabel, sen bugun nima sodir bo’lganini tasavvur ham qila olmaysan. Osmondan olov tushdi. Hamma Ilyosning Xudosini yagona haqiqiy Xudoligini ko’rdi. Baal yordam berolmadi va hamma uni ulug’lovchilar o’ldi.”

Qirolicha hammasini eshitdi. Bu habar yoki yomg’ir Xudoni Egaligiga tasdiq bo’la oldimi? Yo’q. Izabel buni eshitib jahli chiqdi!

Izabel: “Men Ilyosni o’ldiraman.”

Ilyos qirolicha uni o’ldirmoqchiligini eshitib qochib ketdi. U butun umrida yugurganidan ham tezroq yugirdi. U taxminan 125 km yugurdi! Lekin u o’zini xavfsiz his qilmadi. Shunday qilib u janub tomon yugirishni davom ettirdi. Uning qo’rquvi uni cho’l tomon olib ketdi.

Siz qo’rqaningizda nima qilasiz?

Xudo o’sha yerda edi! Ilyos Xudoni boshqaruvida yurar edi. Lekin bu safar u uni qo’rquv boshqarishiga yo’l qo’ydi. U holdan toygach buta soyasiga o’tirib ibodat qildi:

Ilyos: “Egam, men boshqa chiday olmayman. Meni jonimni ol.”

Xudo o’sha yerda edi. Lekin Xudo bu ibodatga ‘ho’p’ deb javob bermadi. Xudo Ilyosga uyqu berdi va farishtalarni uni uyg’otishi uchun jo’natdi.

Farishta: “Ilyos, tur o’rningdan. Biror narsa yeb ichib olgin” – dedi.

Ilyos ko’zini ochib atrofga qaradi. U yonida ko’zadagi suvni va pishgan nonni ko’rdi. U ma’zali edi!

Ilyos yana uxlaganda yana xuddi shunday narsa sodir bo’ldi.

Xudo o’sha yerda edi. Xudoning elchisi bu haqiqatni Ilyosga cho’lning o’rtasida Xudo u uchun qayg’urishi bilan Xudoning sevgisini ko’rganda eslatdi. Ilyos yana Xudoni so’zini eshita boshladi. Va u yangi topshiriq bilan orqaga qaytdi.

Xudo o’sha yerda bo’ladi! Siz ham qo’rqmang. Men sizga Muqaddas Kitobdan dalda bermoqchiman:

“Egam nurim va najotimdir, kimdan men qo‘rqardim?! Egam hayotimning qal’asidir, kim meni qo‘rqita olar?!” (Zabur 26:1)


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Axab, Izabel, Ilyos, Farishta

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:51 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)