STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 019 (Who is the true God 4) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
19. Haqiqiy Xudo kim 4Shoh Axab Ilyosdan g’azablandi. Axab: “Bu Payg’ambar uzoq vaqt yomg’ir yog’masligini aytganligi uchun ayblanadi” – deb Axab dag’dag’a qilib do’q urdi. Axab qurg’oqchilik tirik Xudoni esdan chiqarganlari uchun bo’lganini esidan chiqardimi? Ilyos: “Shoh Axab, agar sen yana yomg’ir yog’ishini xohlasang Baalga sig’inadigan hamma xalqni va ruhoniylarini to’pla; biz Karmil tog’ida uchrashamiz. U yerda kimning Xudosi haqiqiyligini ko’ramiz: Xudomi yoki Baal.” Axab rozi bo’ldi. Ertasiga ertalab hamma xalq toqqa chiqdi. U yerda nima sodir bo’ldi ekan? Ilyos xalqqa dedi: Ilyos: “Qachongacha ikki tanlovni orasida yurasizlar? Kimga xizmat qilishingizni qaror qiling: Xudogami yoki Baalga.” Xalqdan sado chiqmadi. Ular Ilyos qurgan qurbongohga va ustidagi hayvonga qarab turar edilar. Baalni ruhoniylari ham qurbongoh qurib ustiga hayvon qo’ydilar. Ilyos: “To’xtang! Olov yoqmang! Hamma o’zining Xudosiga ibodat qilsin. Agar kimning Xudosi alangga orqali javob bersa, o’sha tirikdir” – dedi. Darhol Baalning izdoshlari uni chaqira boshladilar. Vaqt ketidan vaqt o’tdi. Lekin osmondan ularga javob kelmadi. Ilyos ularning ustidan kulib dedi: Ilyos: “Ha. Balandroq ovoz bilan chaqiringlar. Balki u uxlab qolgandir yoki balki biror narsa bilan mashg’uldir!” Ilyos o’zi qurgan qurbongoh ustidagi o’tinga suv quyyayotganda hamma jim qarab qoldi. Ho’l o’tin yonmaydi, shunday emasmi? Baland ovoz va butun qalbi bilan Ilyos ibodat qilib dedi: Ilyos: “Egamiz Xudo, bugun xalqingga Sen Isroilning Xudosi ekanligingni va men Seni quling ekanligimni ko’rsat.” Vou! Birdaniga osmondan olov tushib qorbonlikni, o’tinni, toshlarni va hatto suvni yoqib yubordi! Hamma narsa butunlay yonib ketdi. Vahimaga tushgan odamlar yuz tuban yiqilib, bir ovozda dedilar: Xalq: “Egamiz – Xudodir! Egamiz – Xudodir!” Endi odamlar ishongan edilar va Baalni ruhoniylari o’zlarini qilmishlariga yarashasini oldilar va hammalari o’ldilar. Xudo Egadir! Ilyos yana Xudoga ibodat qildi bulutlar keldi. Birinchi tomchilar yog’di. Yagona tirik Xudo yomg’irni yog’dirdi. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Axab, Ilyos, xalq Copyright: CEF Germany |