STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 124 (The best counselor 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

124. Eng yaxshi maslahatchi 1


Shaharga tashrif tayyorgarligi qizg’in davom etardi (musiqa ovozi). Bayroqlar ko’tarilgan va mazali taomlar tayyorlangan edi. Isroilning janubidan kelayotgan shoh Yohushafatni kutib olish juda mislsiz edi. Bu taklifni orqasida yashirin maqsad borligini Yohushafat bilarmidi? Shoh Axabning bundan aniq bir maqsadi bor edi.

Axab: "Shoh Yohushafat, men boshqa Ramo’tga egalik qilmasligim meni xafa qilyabdi. Shaharni qo’lga olishimda menga yordam berasanmi?"

Yohushafat: "Albatta. Mening qo‘shinlarimga ham umid qilsang bo’ladi. Lekin birinchi biz Xudodan Uning maslahatini so’rashimiz kerakmi? Men faqat Xudoning xohishini qilishni xohlayman."

Har doim Xudoning qarorini bajarish yaxshidir. Shoh Yohushafatni misolini o’zingizga namuna qilib oling. Bu uning hayotini omadli bo’lishining siri bo’lganiga aminman. Hamma Yohushafatni yaxshi ko’rgan. Uning katta miqdordagi qo’shini bor edi. Uning hech qaysi bir dushmani unga hujum qilishga jur’at eta olmas edi. U ko’p joylardan sovg’alar qabul qilardi.

Xudo Yohushafatning Maslahatchisi edi. U har bir qaror uchun Xudoning maslahatini so’ragan.

Shoh Axab esa umuman boshqacha edi. U bu maslahatni umuman qabul qilmadi.

Bu sizning tanishlaringiz orasida ham sodir bo’lishi mumkin agar siz ularga Xudoga quloq solishni maslahat bersangiz ular buni xohlamasliklari mumkin. Eng yaxshi ish shoh Axabga o’xshamaslikdir.

Axab: "Maslahat so’rashimiz kerakmi? Yaxshi, xizmatkor, payg’ambarlarni chaqir!" (oyoq tovushlari)

Axab: "Ramo’t shahriga hujum qilishimiz kerakmi yoki yo’qmi?"

Payg’ambar: "Hujum qilavering! Siz albatta yutasiz."

Shoh Axab bu javobdan qoniqdi, lekin shoh Yohushafat qoniqmadi. U Xudoning ovozini tanir edi va bu unday emas edi. Bu 400 ta payg’ambarlar yolg’on gapirdilar – yolg’on gaplari uchun shoh Axab ularni mukofatladi.

Yohushafat: "Biz so’rashimiz uchun yana boshqa payg’am barbormi?"

Axab: "Yana bittasi bor, lekin men uni yomon ko’raman. U har doim falokat haqida bashorat qiladi."

Yohushafat: "Uni bu yerga olib kelinglar."

Ba’zida hazil qilishni yoqtiradigan Xudoning haqiqiy elchisi Mixiyo keldi.

Axab: "Mixiyo, Ramo’tga hujum qilishimiz kerakmi?"

Mixiyo: "Albatta. Siz dushmanga mag’lub bo’lasiz."

Axab (xafa): "Sen to’g’ri gapni gapirishing kerak. Xudo senga nima dedi?"

Axab Xudoning maslahatini eshitmoqchi edimi? Balki u Xudoning maslahatini eshitishni xohladiyu, lekin uni bajarishni xohlamadi.

Mixiyo jiddiy bo’lib dedi:

Mixiyo: "Xudo menga sizning qo’shiningiz tez orada cho’ponsiz qo’ylarga o’xshab qolishlarini ko’rsatdi, qo’shiningiz uyga sizsiz qaytadi."

Axab (jahli chiqdi): "Hammalaring buni eshitdilaringmi? U menga o’lim tilayabdi. Uni qamab qo’yimglar! Tez!"

Keyingi hikoyada nima bo’lganini eshitasizlar. Eshitishda davom etasizlarmi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Yohushafat, Axab, Mixiyo, payg’ambar

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:07 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)