STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 123 (The runaway)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

123. Qochoq


U kichkina so’qmoqdan yugurib ketayotib toshga qoqilib ketdi va oyog’ini tikonga tilib oldi.

O’nisim (arang nafas olib): "Men qochib ketishim kerak. Har kuni ishlashdan to’yib ketdim. Men yangi hayot boshlamoqchiman. Uzoq, uzoqlarga ketaman. Lekin meni tutib olmasliklari uchun ehtiyot bo’lishim kerak."

Qochib ketgan qullar dahshatli jazolanar edilar. Ularni yo qizigan temir bilan tanalariga bosishar edi, yoki yirtqich hayvonlarga yem bo’lar edilar. Bu o’ylar O’nisimni yanada tez yurishga majbur qildi.

O’nisim ismining ma’nosi, foydali’ deganidir. Bu nom pul o’g’irlab va qochib ketgan odamga mos kelar edimi? O’nisim boshqa yurtda yangi hayot boshlashni orzu qilar edi. U Rimga borib yashirinishni xohladi. Lekin o’sha buyuk shahar Rimda O’nisim hamma odamlardan va xo’jayinining do’stidan qochib yurishi kerakligini kim o’ylabdi?

Pavlus: "Yaxshi, yaxshi qochaver."

O’nisim: "Men faqatgina qul bo’lib qolmasdan, hayotda boshqa narsalarni ham ko’rmoqchiman."

Pavlus: "Endichi? Hozirgi yangi hayotingdan xursandmisan?"

O’nisim: "Albatta, men uni boshqacha bo’ladi deb tasavvur qilgan edim. Men faqatgina qochib ketmadim. U yerda ozgina pul muammosi ham bor, pul o’g’irlaganman … Men rostdan ham nato’g’ri yo’lda ekanligimni bildim."

Pavlus: "O’nisim, sen yangi hayotni nato’g’ri yo’l bilan qidirding."

Rimda O’nisim Iso bizning gunohlarimizni kechirishi va bizni yangilashini va yangi hayotni faqat Isoda topolishini tushunib yetdi. Siz ham hayotni yangidan boshlashni xohlaysizmi? Iso sizga yangi hayot beradi. Iso bu yangi hayotni gunohini tan olib, Unga ishongan hammaga beradi.

O’nisim yangi hayotni qabul qildi. Lekin keyingi qo’ygan qadami qanday bo’ldi?

Pavlus: "Sen xo’jayining Filimo’nni oldiga qaytib borishing kerak."

O’nisim: "U yerga qaytib borish?"

Pavlus: "Xavotirlanma, men senga xo’jayininga berishing uchun xat yozib beraman. U mening do’stimdir. U Isoni sevadi va seni bajonidil qabul qiladi."

O’nisim amin bo’lib, bajonidil qaytib ketdi.

Filimo’n: "Sen yana keldingmi? Biz seni hamma joydan qidirdik."

O’nisim: "Men sizga xat olib keldim."

Filimo’n: "Aziz Filimo’n, men O’nisimni oldinga qaytarib yuboryapman. U Iso bilan yangi hayot boshladi. Agar O’nisim senga zarar keltirgan bo‘lsa yoki sendan qarzdor bo‘lsa, men to‘layman."

O’nisimni yaxshi qabul qilishdi va u Filimo’n bilan xursand bo’lib qoldi. O’nisim Iso orqali eski yashagan joyida yangi hayotga ega bo’ldi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, O’nisim, Pavlus, Filimo’n

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:06 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)