Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 003 (Pig slop or banquet dining)
3. To'ng'izning g'arq bo'lishi yoki bayram tushligi
Ota oyna oldida g’amgin turar edi. Bir necha kun oldin uning kenja o’g’li uni tashlab ketdi. U ketib qoldi. U o’zi bilan unga tegishli mol-mulkni olib ketib hammasini ko’kka sovuribdi. U hatto bir marta ham o’ylab o’tirmabdi!
Otasi uni sevar edi. Uning o’g’li qayerda? Qanday kun kechiryabdi ekan?
Albatta og’il yaxshi edi. Unda ko’p puli va do’stlari bor edi. U bir bazmdan keying bazmga borardi. Hatto u yomonligini bilgan ayshu ishrat ishlarini qilar edi. U hamma nima qilsa shuni qilardi. Tez orada uning puli tugabdi. Va shu bilan birga o’rtoqlari ham ketib qolibdi.
Ish bo’lmaslik kata muammodir. Va nihoyat u fermadan ish topdi. U qilishi mumkin bo’lgan ish bu cho’chqalarni boqish edi! U qorni ochganidan cho’chqalarni ovqatini yeyishga ham tayyor edi, lekin bunga ham ruxsat yo’q edi. Shunda och va yirtiq kiyimlarda sasib ketgan cho’chqalarni yoniga o’tirib fikrlay boshladi.
Uning otasi uni sevardi – u buni tushunib yetdimi?
Birdaniga u sakrab turdi va bir narsaga qaror qildi. U:
O’g’il: “Uyga borib otamga meni kechiring, men o’z yo’limdan ketib sizga qarshi gunoh qildim – deyman” – dedi.
Rostdan ham u otasini oldida qilgan nato’g’ri ishini tan olishni xohladi.
Tasavvur qiling: Hatto o’g’li hali uyidan uzoqda kelyotgan paytda ham ota uni ko’rdi. U o’g’lini sevar edi va uni kutib olgani yugurib bordi!
O’g’il otaga bir so’z aytmasdan ota o’g’ilni ko’tarib o’pdi. Xursand bo’lib xizmatkorlarini chaqirdi va ularga:
Ota: “Tez bo‘linglar, eng nafis to‘n keltirib yelkasiga yopinglar, qo‘liga uzuk taqinglar, oyoqlariga choriq kiygizinglar. Bo‘rdoqi buzoqni olib chiqib, so‘yinglar. Yeb–ichaylik, xursandchilik qilaylik. Chunki bu o‘g‘lim men uchun o‘lgan edi, endi tirildi, yo‘qolgan edi, endi topildi!“ – dedi.
Ota o’g’lini sevganidek Xudo ham sizni va meni sevadi. Xudo biz Unga kelishimizni va U bilan birga yashashimizni xohlaydi. Shuning uchun Iso bu hikoyani aytdi.
Siz Xudo sevgisi va Unga qanday kelish haqida ko’proq bilmoqchimisiz? Unda iltimos menga yozing!
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ota, O’g‘il
Copyright: CEF Germany