STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 004 (Prayers can cause miracles)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

4. Ibodatlar mo'jizalarga sabab bo'lishi mumkin


Ko’cha juda chang edi, quyosh osmonda qizdirardi. Va tilamchi yana ko’cha chekkasiga o’tirdi. U har safar oyoq tovushini eshitganida qo’llarini cho’zar edi.

Bartimey: “Yordam bering! Menga pul bering.”

Ba’zilarni Bartameyga rahmi kelardi, boshqalar qarab o’tib ketardilar.

Bir kuni Yerixoning hamma aholisi ko’chaga chiqqanday tuyildi.

Bartimey: “Nima bo’lyabdi?”

Bir kishi: “Hammani sevuvchi, kasallarga shifo beruvchi va o’liklarni tiriltiruvchi Xudo O’g’li Iso kelyabdi” – dedi.

Ko’r Bartimeyda umid paydo bo’ldi. Iso uni chaqirishini eshitarmikan?

U ko’rolmagani uchun Isoni butun yuragi bilan chaqirdi:

Bartimey: “Iso menga yordam berolmaysanmi!? Menga rahm qil!”

Eshitganlarni ba’zilarini jahli chiqdi va ko’r odamni koyib qo’ydilar.

Bir kishi: “O’chir va yo’qol, aks holda …”

Isoni chaqirish taqiqlanganmi? Yo’q!

Bartimey odamlarga quloq solmadi, buning o’rniga yanada qattiqroq baqirdi:

Bartimey: “Rabbiy Iso, iltimos menga yordam ber!”

Iso hammani eshitadi. U sizning ibodatingizni ham eshitadi.

Muqaddas Kitob: Iso to’xtadi va ko’r odamni olib kelishlarini buyurdi – deb aytadi:

Iso: “Ko’r odamni Mening oldimga olib keling.”

Va Bartimey Xudo O’g’lining oldida turdi. U Isoni ko’rmadi, lekin Isoning xuzuridagi taskin va himoyani sezdi. U Isoning samimiy do’stona ovozini eshitdi.

Iso: “Bartimey, Mendan nima xohlaysan? Men sen uchun nima qilishimni xohlaysan?”

Bartimey ko’p o‘ylab o’tirmadi. Uning muhim muhtojligi uning ibodatiga aylangan edi:

Bartimey: “Rabbiy, yana ko’rishni xohlayman.”

Iso uning xohishini eshitdi.

Iso: “Ko‘zlaring ko‘rsin, ishonching senga shifo berdi“ – dedi.

O’sha zahotiyoq Bartimeyning ko’zlari butunlay ko’ra boshladi. Uning ko’zlari uning ibodatini eshitgan va nolalariga javob bergan Isoni ko’rdi.

Xursandchiligi ichiga sig’may u Isoga minnatdorchilik bildirdi va shundan so’ng butun qalbi bilan Isoga ergashdi.

Muqaddas Kitobda Xudo sizga shunday deydi:

“Og’ir kunlaringda Meni chaqirgin; Men seni olib chiqaman va sen Meni qadirlaysan.”


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bartimey, shogirdlar, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:20 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)