STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 004 (Prayers can cause miracles) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
4. Ibodatlar mo'jizalarga sabab bo'lishi mumkinKo’cha juda chang edi, quyosh osmonda qizdirardi. Va tilamchi yana ko’cha chekkasiga o’tirdi. U har safar oyoq tovushini eshitganida qo’llarini cho’zar edi. Bartimey: “Yordam bering! Menga pul bering.” Ba’zilarni Bartameyga rahmi kelardi, boshqalar qarab o’tib ketardilar. Bir kuni Yerixoning hamma aholisi ko’chaga chiqqanday tuyildi. Bartimey: “Nima bo’lyabdi?” Bir kishi: “Hammani sevuvchi, kasallarga shifo beruvchi va o’liklarni tiriltiruvchi Xudo O’g’li Iso kelyabdi” – dedi. Ko’r Bartimeyda umid paydo bo’ldi. Iso uni chaqirishini eshitarmikan? U ko’rolmagani uchun Isoni butun yuragi bilan chaqirdi: Bartimey: “Iso menga yordam berolmaysanmi!? Menga rahm qil!” Eshitganlarni ba’zilarini jahli chiqdi va ko’r odamni koyib qo’ydilar. Bir kishi: “O’chir va yo’qol, aks holda …” Isoni chaqirish taqiqlanganmi? Yo’q! Bartimey odamlarga quloq solmadi, buning o’rniga yanada qattiqroq baqirdi: Bartimey: “Rabbiy Iso, iltimos menga yordam ber!” Iso hammani eshitadi. U sizning ibodatingizni ham eshitadi. Muqaddas Kitob: Iso to’xtadi va ko’r odamni olib kelishlarini buyurdi – deb aytadi: Iso: “Ko’r odamni Mening oldimga olib keling.” Va Bartimey Xudo O’g’lining oldida turdi. U Isoni ko’rmadi, lekin Isoning xuzuridagi taskin va himoyani sezdi. U Isoning samimiy do’stona ovozini eshitdi. Iso: “Bartimey, Mendan nima xohlaysan? Men sen uchun nima qilishimni xohlaysan?” Bartimey ko’p o‘ylab o’tirmadi. Uning muhim muhtojligi uning ibodatiga aylangan edi: Bartimey: “Rabbiy, yana ko’rishni xohlayman.” Iso uning xohishini eshitdi. Iso: “Ko‘zlaring ko‘rsin, ishonching senga shifo berdi“ – dedi. O’sha zahotiyoq Bartimeyning ko’zlari butunlay ko’ra boshladi. Uning ko’zlari uning ibodatini eshitgan va nolalariga javob bergan Isoni ko’rdi. Xursandchiligi ichiga sig’may u Isoga minnatdorchilik bildirdi va shundan so’ng butun qalbi bilan Isoga ergashdi. Muqaddas Kitobda Xudo sizga shunday deydi: “Og’ir kunlaringda Meni chaqirgin; Men seni olib chiqaman va sen Meni qadirlaysan.” Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bartimey, shogirdlar, Iso Copyright: CEF Germany |