STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 005 (God loves you)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

5. Xudo sizni sevadi


Salom! Eshityotganingiz bu zo’r! Xush kelibsiz!

Siz xursandmisiz yoki hafa? O’zingizni yolg’iz va qo’rquvda his qilyabsizmi? Sog’misiz yoki kasal? Siz qanday ekanligingizni bilmayman, lekin men sizga ajoyib bir narsani aytmoqchiman: Xudo sizni sevadi! U sizni qanday bo’lsangiz shunday sevadi! Tirik Xudo osmon va yerni yaratganda siz haqingizda allaqachon o’ylab qo’ygan edi. Xudo siz tug’ilmasingizdan oldin siz uchun xursand bo’lgan.

(Xudoning sevgisi haqidagi qo’shiqni qo’ying yoki hamma qo’shiq qilib aytsin)

Qo’shiq:

Iso kichik bolalarni, dunyodagi hamma bolalarni sevadi!

Qizil va sariq, qora va oq,

Ularning hammasi Unga qadirlidir!

Iso dunyodagi hamma bolalarni sevadi!

Iso dunyodagi hamma bolalar uchun o’ldi, hamma bolalar uchun!

Qizil va sariq, qora va oq,

Ularning hammasi Unga qadrlidir!

Iso dunyodagi hamma bolalar uchun o’ldi!

Xudo dunyodagi hamma odamlarni – katalar va bolalarni sevadi. Shuning uchun har bir odam uchun Uninig sovg’asi bor. Biz bu haqida Muqaddas Kitobda o’qiymiz:

”Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin“ (Yuhanno 3:16).

Xudoning sevgisi buyukdir. U O’zining O’g’lini bizning gunohlarimiz uchun o’lish uchun yubordi. Iso qabrga qo’yildi, lekin uch kundan keyin tirildi, Xudo Uni tiriltirdi. Va hozir Xudo sizni Rabbiy Iso Masihga Najotkoringiz va Rabbingiz deb ishonishga taklif qilyabdi.

Xudoning ovozi: “Seni mangu sevgi bilan sevdim, senga sodiq bo‘lib keldim“ (Yeremiyo 31:3) – deydi.

Xudoning taklifini qabul qilasizmi? Siz bundan xursand bo’lasiz va boshqa qo’rqmaysiz. Xudo har doim siz bilan bo’ladi. Uning sevgisi hech qachon tugamaydi. Sizning do’stlaringiz buni biladilarmi? Ularga ularni ham Xudo sevishini ayting.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Xudoning ovozi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:22 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)