STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 138 (An awful accident 1) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
138. Daxshatli tasoddif 1Shaharda g’amgin holat edi. Kulgu va quvonch yo’q edi. Hamma qo’rqar edi. Enaga: "Bu dahshatli urush yaqinda tugaydi deb umid qilamiz." Ayol: "Shoh Shoul dushmanni mag’lub qilarmikin?" Devor ustidagi qo’riqchilar choparni birinchi bo’lib ko’rdilar. U urush maydonidan xabar olib kelgan edi. Uning yuzidan uni yaxshi xabar olib kelmagani ko’rinib turardi. Xabarchi: "Dushman chegarani bosib o’tdi. Shoh Shoul va shahzoda Yo’natan o’ldi. Qochinglar! Hayotlaringni saqlab qolinglar!" Hamma vahimaga tushgan edi va ko’plar shahardan qochib ketdilar. Qanday dahshatli kun! Ayniqsa Mefibositga. Garchi u besh yoshda bo’lsa ham, u hamma narsani tushunar edi. Uning otasi, shahzoda Yo’natan o’lgan edi. Otasi endi hech qachon uyga kelib, uni ko’tarmaydi. Otasi endi hech qachon unga kamondan o’q otishga uni olib bormaydi yoki unga hikoyalar aytib bermaydi. Mefibosit yig’lar edi. Enagasi u uchun g’amho’rlik qildi. Enaga: "Yur, Mefibosit, vaqtni yo’qotmasdan bu yerdan ketishimiz kerak." Ular tezda saroyni tark etdilar, shundan so’ng bir narsa sodir bo’ldi. Mefibosit: "Oy! Voy oyog’im!" Mefibosit yomon yiqildi, u boshqa yurolmadi. Tasavvur qiling bu baxtsiz hodisa sababli uning ikkala oyog’i ham cho’loq bo’lib qoldi. Bu uning hayotidagi eng yomon kun bo’ldi. Birinchi dadasi o’ldi. Keyin ular qochib ketishlariga to’g’ri keldi. Keyin bu baxtsiz hodisa ro’y berdi. Endi uning yashaydigan uyi yo’q edi. Keyinroq qochoqlar Lo’davor degan joyga qochib borishdi. Lo’davor so’zi 'ma’nosiz, hech narsaga arzimaydigan' ma’nolarni bildiradi. Shu holat Mefibositning boshiga tushdi. Birdan uning hayoti hech narsaga arzimay qoldi. U boshqa hech narsaga arzimasligiga amin edi. Ba’zida ma’nosiz onlarni his qilasizmi? Siz sinfda eng yaxshi emasdirsiz, sportda birorta yuqori natijaga erishmagandirsiz va shuning uchun boshqalar sizdan ko’ra yaxshiroq va suyikliroq deb o’ylarsiz. Mefibositni holatini tushuna olyapsizmi? U ko’p yillar Lo’davorda (ma’nosizlikda) yashadi. Urishda halok bo’lgan Mefibositning otasi shahzoda Yo’natan Dovudning eng yaxshi do’sti edi. Dovud Isroilda shoh bo’lganidan keyin saroyda o’ylanib yurib shunday dedi: Dovud: "Xizmatkorim Zibax, shoh Shoul xonadonidan birorta tirik odam qolganmi?" Zibax: "Ha, Yo’natanning O’gli Mefibosit bor, uning ikkala oyog’i ham cho’loq." Dovud: "U qayerda?" Zibax: "U Lo’davorda yashaydi." Shoh Dovud nima qilmoqchi edi? Men sizga keyingi hikoyada aytib beraman. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Enaga, Ayol, Xabarchi, Mefibosit, Dovud, Zibax © Copyright: CEF Germany |