STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 137 (The destination indicator 5) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
137. Belgilangan joy belgisi 5Qiz: "Hayot maktabi, 4 qism. Yo’naltiruvchi ko’rsatgichlar." (ko’cha shovqinining ovozi) Lola: "Endi qaysi yo’lga yurish kerak?" Komila: "Bu qiziq. Uyga ketish yo’nalishi bu yerdan emas ekan." Lola (ayblab): "Juda yaxshi bo’ldida! Endi nima qilamiz?" Komila: "U yerda ko’rsatgich belgisi bor ekan." Qizlar ko’zlagan manzillariga yetib bordilarmi? Yo’nalish ko’rsatgichlarini borligi yaxshidir. Nafaqat yo’ldagi yo’naltiruvchi ko’rsatgichlar bor, bizning hayotimiz uchun ham yo’naltiruvchi ko’rsatgichlar bor. Xudo bizga yo’nalishlar berishini bilasizmi? Bola: "Ular qanday bo’ladi?" Ularning qo’llari, oyoqlari, quloqlari va og’izlari bor. Filipga o’xshab. Yo’naltiruvchi Filip Xudoga olib boradigan yagona yo’lni bilar edi. U bu yo’lni yaxshi tushuntira olardi. Filip ko’plarga Isoga olib boruvchi yo’lni ko’rsatdi. Farishta: "Filip, janub tomon, Quddusdan G’azaga boradigan sahro yo’liga bor." Filip Xudoga kerak bo’ldi. Siz ham Xudaga keraksiz. To’g’ri yo’lni biladigan odamlar Xudoga kerakdirlar. Siz Iso uchun odamlarni maqsad tomon yo’naltiruvchi bo’lasizmi? Siz Filipdan ko’p narsa o’rgansangiz bo’ladi. Filip hech qachon: men buni xohlamayman – demadi. U darhol bo’ysundi. U chang yo’lda yolg’iz emas edi. Habashiston malikasi Kandakining vaziri, malikaning butun xazinalari mudiri bo’lgan bu amaldor o’zining aravasida uzoq yo’l bosib, Quddusga Xudoga topinish uchun borib kelayotgan edi. Ma’baddan u o’ziga qimmatbaho kitob sotib oldi. Yo’lda ketayotib u baland ovozda Muqaddas Bitiklarni o’qib ketayotgan edi. Filip aravaning yoniga yugurib keldi. Filip: "Nima o’qiyotganingizni tushunyapsizmi?" Habashistonlik: "Yo’q. Menga uni tushuntirib beradigan odam bo’lmasa qanday tushunaman. Kel yonimga chiq, buni ma’nosini menga tushuntirib ber, iltimos." Filip: "Siz Iso haqida o’qiyabsiz. Iso Xudoga olib boruvchi yagona yo’ldir. Isoga ishoning U sizni bu hayotdagi va keyingi hayotdagi maqsadingizga erishtiradi." Habashistonlik: "Men Isoni Xudoning O’g’li ekanligiga ishonaman." Filip Isoga bo’lgan yo’lga yo’naltiruvchi edi. Xazinalar mudri Filipning boshqaruviga ergashdi. Habashistonlikning yuragi tog’ri yo’lni topdi. U quvonch ichida uyiga qaytib ketdi va hammamiz uning hikoyasi haqida bilamiz. Siz Xudoga olib boruvchi yagona yo’lni bilishingizga va uyda, maktabda, do’stlaringiz orasida maqsad tomon yo’naltiruvchi bo’lishingizga umid qilaman. Germaniyaga Iso tomon yo’naltiruvchilar juda kerak, lekin Afrika va Osiyoda ham ular juda muhimdir. Ko’p insonlarda yo’naltiruvchi yo’qdir. Ular hali Iso Xudoga olib boruvchi yagona yo’l ekanligini bilmaydilar. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, bola, qiz (va Lola), Komila, Farishta, Filip, Habashistonlik © Copyright: CEF Germany |