STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 167 (Super idea, Aunt Margret 5)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

167. Zo'r fikr, Margret Hola 5


Rohila va Farxod Erkin uchun sovg’alarini o’rab oldilar. Ularning kasal do’stlari hayron bo’lsa kerak.

O’rmon o’rtasida ular Erkinning oyisini uchratdilar. U yig’lar edi. Rohilay Iso u ayolni sevgani uchun uni qidiryotgan va unga yordam beradigan Yaxshi Cho’pon haqida aytib unga tasalli berishga urindi.

Farxod: "Biz sizga bir narsa olib keldik (pulning shiqillash ovozi). Bu bizdagi bori. Siz bu pulga Erkinga sut sotib olishingiz mumkin."

Onasi: "Katta raxmat, sizlarga. Yuringlar, sizlarni Erkin kutyabdi." (oyoq tovushlarining ovozi)

Farxod: "Rohila, hamma pulimizni berib yuborganimdan mendan xafamisan?"

Rohila: "Yo’q. Yaxshi Cho’pon Iso ham xochda o‘lganida O’z hayotini qurbon qildi. Shuning uchun biz qizg’anchiq bo’lmasligimiz kerak."

Erkin sovg’alarni ko’rib xursand bo’ldi. Lekin u baribir og’ir kasal edi.

Erkin: "Shifokor menga boshqa yordam berolmasligini aytdi. Men o’lsam kerak."

Farxod va Rohila ichlarida Xudo ibodatlarini eshitdimikan deb so’rar edilar? Nimaga Xudo mo’jiza qilmadi? Kechqurun mayus uyga qaytib keldilar. Marg’uba hola mehmonxonani va uyni chinnidek tozalab qo’ygan edi.

Marg’uba Hola: "Agar Erkin va uning oyisi biz bilan yashasa nima deysizlar?"

Rohila: "Zo’r! Bu ajoyib fikr!"

Tez yordam mashinasi Erkinni ularning uyiga olib keldi. Erkin xonasini yoqtirdi. Uning krovati oyna oldida turar edi.

Erkin: "Bu zo’rku."

Keyin u devordagi rasmni tamosha qildi. Yaxshi Cho’pon Iso adashgan qo’ylarni qutqarish uchun qo’lini cho’zib turar edi.

Erkin: "Rohila, Yaxshi Cho’pon qo’ylarni topish uchun qo’lini cho’zib turgan rasmni xohlayman."

Cho’pon Jobir unga shu rasmdan olib keldi. Rasmda juda ko’p qo’ylar bor edi. Iso u yerda yurib, qo’ylarni qo’llarida ko’tarib turar edi.

Erkin: "Qayerga ularni ko’tarib ketyabdi?"

Cho’pon: "Uyga."

Erkin: "Uy qayerda?"

Cho’pon: "Iso yashaydigan joyda. U yerda ko’z yosh ham, og’riq ham yo’q."

Erkin: "Og’riq bo’lmaydimi? Hamma u yerga boradimi?"

Cho’pon: "Yaxshi Cho’pon Isoga tegishli bo’lgan hamma boradi."

Erkin: "Men Isoga tegishli bo’lishni va u yerga borishni xohlayman."

Erkin ibodat qilib rasmni mahkam quchoqlagancha qattiq uxlab qoldi.

Lekin kechasi nimaga hamma u yoq, bu yoqqa yurdi ekan?

Men javobni keyingi hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Farxod, Rohila, Onasi, Erkin, Cho’pon, Marg’uba hola

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 09:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)