STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 166 (Must Erkin die 4)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

166. Erkin o'lish kerakmi 4


Farxod: "Rohila, Erkin o’ladi deb o’ylaysanmi?"

Rohila: "Yo’q. Men Iso uni shifolashi uchun ibodat qildim."

Farxod: "Men ham ibodat qildim, lekin Iso meni eshitdimikan bilmayman."

Rohila: "Agar sen Yaxshi Cho’ponning qo’ylaridan biri bo’lsang, Iso seni har doim eshitadi."

Farxod: "Yaxshi Cho’ponning qo’ylaridan biri bo’lish uchun nima qilish kerak?"

Rohila: "Sen Isoga tegishli bo’lishni xohlashingni Isoga ayt."

Rohila cho’pon unga bergan Yaxshi Cho’ponning rasmini ukasiga ko’rsatdi.

Farxod unga uzoq qarab tomosha qildi.

Farxod: "Ha, men shunday qilishni xohlayman. Iltimos meni yolg’iz qoldir."

Tez orada Farxodning yuzidan nur porlaganday bo’ldi, Farxod endi Isoga tegishli edi.

Erkin ikkala bolalarni xursand qiladigan xat yozdi:

"Xurmatli Farxod va Rohila men shifoxonadan chiqdim. Iltimos menikiga kelinglar. Manzilim: Yovvoyi o’rmon, Daryo qirg’og’idagi Qayin kapasi. Erkin."

Daryo qirg’og’idagi Qayin kapasi? Ularning o’rtoqlari bu kulbada yashaydimi?

Farxod eshikni ehtiyot bo’lib taqillati (taqillatish ovozi).

Onasi: "Sizlarga nima kerak?"

Rohila: "Erkin bizni taklif qilgan edi."

Onasi: "Sizlar Erkin yiqilib tushganda u bilan birga bo’lgan bolalarmisiz? Ichkariga kiringlar."

Erkin harakatlanmasdan krovatda yotar edi. Uning rangi oqarib ko’rinishi yomon edi. Erkin ikkita do‘stlarini ko’rib yig’lab yubordi. Farxod va Rohila Erkin bilan nima haqida gaplashishni bilmas edilar. Erkinning xonasida mayuslik va g’amginlik hukm surar edi.

Erkinni hamma joyi og’rir edi. Tushlikka u bir payola choy va ozgina non yedi. Farxod va Rohila Erkinlar shunchalik kambag’al deb o’ylamagan edilar.

Uyda ular Marg’uba holaga hamma narsani aytdilar va har kuni Erkinni ko’rib kelishga borishga qaror qildilar.

Farxod: "Men o’rmonni chizgan rasm daftarimni unga olib boraman."

Rohila: "Men unga bir sumka olma olib boraman va Yaxshi Cho’pon haqidagi Muqaddas Kitobimni olib boraman."

Farxod: "Biz onasi Erkin uchun sut sotib olishi uchun unga to’playotgan pulimizdan besh ming pul berishimiz kerak."

Rohila: "Uch ming yetmaydimi?"

Farxod: "Biz pullarni hammasini o’zimiz bilan olvolamiz va yo’lda ketayotib bu haqida kelishvolamiz."

Ular shunday qildilar.

O’rmonning o’rtasida ularni kim uchratganini bilasizmi?

Keyingi hikoyada bilib olasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Farxod, Rohila, Onasi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 03:37 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)