STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 168 (All is well with Erkin 6)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

168. Erkin bilan hammasi yaxshi 6


Farxod va Rohila uxlashdi. Ular uy ichida yurayotgan oyoq tovushlarini eshitmadilar. Ular o’sha kechasi shifokor ko’p vaqt Erkinning yonida bo’lganini bilmadilar. Yaxshi Cho’pon Iso ko’rinmas qo’llari bilan Erkinning ruhini ohista O’zining uyi jannatga olib ketdi.

Ertasiga Rohila Erkinni vafot etganini eshitib achiq-achiq yig’ladi. Rohila va Farxod o’zlarining eng yaqin do’stlarini yo’qotgan edilar.

Qabr boshida cho’pon Jobir Yaxshi Cho’pon Iso haqida baland ovozda o’qib berdi. Ko’mish marosimidan keyin Rohila mayus holda o’rmondan yurib borar edi. Erkinni boshqa yo’qligi juda ham achinarli edi. U qoraqayin yonyog’i daraxti tagida qattiq yig’ladi.

Yoqubaka: "Rohila, nimaga yig’layapsan?"

Yoqubaka birdan Rohilaning yoniga qayerdandir kelib qoldi. O’tloqdagi hamma qo’ylar uniki edi. Rohila bo’lgan voqeani hammasini unga aytib berdi.

Rohila: "Men ko’p Erkin uchun ibodat qildim, lekin foydasi bo’lmadi. Erkin baribir o’lib qoldi."

Yoqubaka: "Iso xato qildi deb o’ylasanmi? Agar qo’ylarimdan birortasi og’ir kasal bo’lib qolsa, men u qo’yni olib, u uchun oldingidan ham yaxshi bo’ladigan o’tloqqa olib boraman?"

Rohila tushunishni boshladi.

Yoqubaka: "Iso Erkinni ajoyib joyga olib ketdi. Shuning uchun sen xafa bo’lishing kerak emas."

Rohila: "Lekin uni yerga komib qo’yishdi. U qanday Yaxshi Cho’pon bilan birga bo’la oladi?"

Yoqubaka qoraqayin yonyog’dan oldi.

Yoqubaka: "Qara, Rohila! Bular yong’oqning po’stidir, ular yomon emas. Lekin hayot uning ichidadir. Undan yangi daraxt o’sib chiqadi. Sen ham Erkinning tanasini yong’oqni po’sti bilan taqqoslashing mumkin. Uning tanasi yerda yotibdi va u boshqa kerak emas. Lekin ichidagi uning haqiqiy hayoti Iso bilandir. Erkin u yerda og’rimaydigan yangi tanaga ega. Bu haqida o’ylagin, Rohila."

Uyda Farxod Rohila boshqa mayus bo’lmay qolganini payqadi

Farxod: "Rohila, menga Yaxshi Cho’pon haqida aytganing uchun raxmat, men endi Iso haqida bilaman. Erkin hozir Iso bilandir. Bir kun kelib biz ham Isoning yoniga boramiz."

Rohila: "Ertaga men maktabda bolalarga Yaxshi Cho’pon haqida aytib beraman. Ular ham Iso haqida bilishlari kerak."

Siz ham boshqalarga Yaxshi Cho’pon Iso haqida aytasizmi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Yoqubaka, Rohila, Farxod

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 03:38 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)