STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 160 (Why does Jesus allow it 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

160. Iso nima uchun bunga ruhsat beradi 1


Uchta ajiralmas qadrdon jigarlar bo’lganlar. Siz ularni kimligini bilasizmi? Ular: ko’p g’oyalarga ega va doimiy harakatda bo’lgan Marta, ozgina uyatchan kamtarin Maryam va ularning ishonchli akasi Lazar. Ularning uchchalasi ham Isoni sevganlar.

Iso Baytaniya qishlog’iga kelganida ularnikiga tashrif buyurardi.

Lazar birdaniga qattiq kasal bo’lib qolganiga qadar, bu kichik uyda odatda quvonch muhiti hukm surar edi. Maryam Lazarning kravatini oldida o’tirib juda havotir olar edi. Kasal akalari arang gapirar edi. U ko’zini yumdi.

Marta eshikni yoniga kelib, yuzi oqarib ketgan akasini ko’rib vahimaga tushdi.

Marta: "Maryam, bu bunday davom etmasligi kerak. Yordam beroladigan faqat Isodir. Hoziroq men Isoga xabar yuboraman."

Xabarchining nafasi butunlay tiqilganicha Rabbiy Isoni O’rdun Daryosini yonidan topdi.

Xabarchi: "Iso shoshiling! Maryam va Marta meni Sizning yoningizga yubordi. Lazar juda qattiq kasal. Tezroq boring, aks holda Lazar o’lib qoladi!"

Iso bu aka singillarni sevardi. Lekin Iso ularnikiga darhol ketmadi. Iso shogirdlari bilan o’sha yerda qoldi. Iso bir necha kun o’tishiga yo’l qo’ydi.

Iso: "Yuringlar, endi ketamiz. Lazar uxlab qoldi. Men uyg’otgani ketyabman."

Shogird: "Agar uxlab qolgan bo’lsa, yana tuzalib ketadi."

Iso: "Men ‘uxladi’ so’zini aytib boshqa narsani aytdim. Lazar o’ldi."

Shogird: "O’ldi?"

Iso: "Men shuning uchun xursandmanki Men o’sha joyda yo’q edim, chunki bu sizlarni imon topishingizga yaraydi."

Shogirdlar nima bo’layotganiga umuman tushunmas edilar. Lazar o’lgan, Iso esa xursand. Ular bu holatda qanday Isoga ishonishni o’rganish haqida oylaydilar? Balki Iso kimdir yomon holatda bo’lsa ham Isoga ishonishni nazarda tutgandir? Hatto kimdir tushunmasa hammi?

Lazar ko’mildi. Maryam va Marta achiq-achiq yig’lar edilar. Ko’p hamdard bildiruvchilar kelishdi. Ular opa-singillarni yupatmoqchi bo’ldilar.

Endi men sizga kichik bir topshiriq bermoqchiman.

Bu savolni javobi haqida o’ylang: Agar Iso sizning ibodatingizga darhol javob bermasa va yordam bermasa nima qilasiz?

Agar U sizning hayotingizda yomon narsalar sodir bo’lishiga yo’l qo’ysa, nima qilasiz?

Shunga qaramasdan Iso sizni sevishini bilasizmi?

Iltimos bu haqida o’ylang!

Va yodingizda bo’lsin – keyingi darsda hikoya davom etadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Marta, Xabarchi, Iso, Shogird

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 09:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)