STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 159 (Whoever digs a hole 4)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

159. Kimdir chuqur qaziydi 4


G’anim Xomon ancha masafoni bosib o’tdi. Xomon butun xalq oldida Mordaxay uchun hurmat ko’rsatib borayatib, Fors yurtida yashovchi har bir Yahudiy uchun qo’yilgan dor turgan joyga yetib kelayotganini ko’rmadi.

Lekin Xomon bu ishga O’z xalqini sevadigan va ularni himoya qiladigan Xudo aralashishini hisobga olmagan edi.

Xomon uni nima kutayotganini bilganda edi, lekin u hali ham shoh bilan birga yana ziyofatga taklif qilinganidan g’ururlanar edi. Malika mehmonlarini kutgani tayyor turar edi. Ester Mordaxayning asrab olgan qiziligini saroyda hech kim bilmas edi. O’sha kecha shoh Axashverash malika Esterning xohishini bajarmoqchi edi.

Shoh: "Qanday istaging bor, malika Ester? Istaging qondiriladi. Yarim shohlikni so‘rasang ham, beriladi."

Ester: "Shohim, iltimos meni va xalqim Yahudiylarni joniga rahm qiling! Bitta odam bizni o’ldirib, bizni qirib tashlamoqchi."

Shoh (jahli chiqib): "O’sha odam kim? U qayerda?"

Ester: "Zararkunanda, g‘anim, yovuz Xomon!"

Shoh g’azab otiga mindi. Xomon esa hayotini saqlab qolish uchun o’tindi. Lekin buni foydasi yo’q edi. Xizmatkorlar uning ko’zini bog’lab, uni olib ketishdi. Xomon Mordaxay uchun tayyorlab qo’yilgan dorga osildi.

Qiz: "Ha: ‘birovga chog’ qazisang, o’zing tushasan’ – deyishganu."

Xomon Yahudiylarni qirib tashlamoqchi bo’lgan birinchi odam emas edi. Va u oxirgisi ham bo’lmaydi. Lekin Xudo xalqini saqlaydi. Xudo bu yovuz rejani barbod qiladi.

Bizning Najotkorimiz Isoni Yahudiy bo’lib tug’ilishi ham Xudoning rejasi edi. Xudoning xohishi amalga oshadi.

Hatto shoh Axashverash Xudoning qo’lida edi.

Shoh: "Shohning farmoni: Shohligimdagi har bir Yahudiy o’zini himoya qilsin."

Shohning jarchilari otlarda yurib har bir viloyatga bu yangi farmonni tarqatib chiqdi. Yahudiylarning dushmani Xomon Dekabrning 13 kunida hamma Yahudiylar o’ldirilsin deb e’lon qilgan edi. Lekin u kun Yahudiylar uchun dushmanlari ustidan g’alaba olib keldi.

Yahudiylar 14 Dekabr kuni g’olib bo’lganliklarini nishonladilar. Yahudiylar bir-birlari bilan sovg’a salomlar ulashdilar va kambag’allarga yegulik ulashdilar.

G’am o’rniga xursandchilik keldi. Xudo Isroil xalqini tanladi va himoya qildi.

Har doim oxirgi qaror Xudodandir.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Shoh, Ester, Qiz

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 08:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)