STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 158 (Reward for M. 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

158. M. uchun mukofot 3


Malika Ester jasur bo’ldi. Taklif qilinmasdan Fors podshohining huzuriga tashrif buyurdi. Shu yo’lni tutib, u o’z hayotini havf ostiga qo’ydi. Lekin Ester buni xalqi Yahudiylarni saqlab qolishni xohlagani uchun qildi.

Shoh Axashverash taxtda o’tirgan edi. Shoh kelayotgan Esterni ko‘rdiyu, unga marhamat qildi va qo‘lidagi saltanatning oltin hassasini Ester tomon cho‘zdi.

Shoh: "Senga nima kerak, malika Ester? Tilaging nima?"

Ester: "Shohim agar ma’qul ko’rsingiz iltimos bugun Xomon bilan birga menikiga ziyofatga kelinglar."

Shoh: "Zudlik bilan borib Xomonni topib kelinglar! Esterning istagini bajo qilaylik."

Ester ularga mazali ovqat tayyorladi.

Shoh: "Malika Ester qandaydir istaging bormi? Men senga hatto shohlikning yarmini ham berishga tayyorman."

Ester: "Iltimos ertaga ham Xomonni olib tushlikka keling. Keyin men sizga tilagimni aytaman."

Ayyor Xomon uyiga kayfiyati chog’ bo’lib ketidi va borib maqtandi.

Xomon: "Men yuksak martabaga ega odamman. Malika shoh bilan ziyofat qilishga meni taklif qildi. Faqat meni taklif qildi. Ertagalik ziyofatga ham yana taklif qilindim. Lekin Mordaxayni ta’zim qilmaganini ko’rish meni jahlimni chiqaryabdi."

Xotini: "Siz uni ketishiga yo’l qo’ydingizmi? U Yahudiyni dorga ostiring!"

Ester Xomon otasi uchun dor tayyorlatganini ko’rmadi. Bu dor taxminan 23 metr edi. Lekin Xudo buni ko’rdi. Xudo boshqaradi! Shuning uchun Xudo shoh Axashverashga uyqusiz tun berdi.

Shoh: "Xizmatkor, nimagadir uxlay olmayabman. Menga kundalik xotiralar kitobini olib keling. Yaqinda nimalar sogir bo’lganini o’qib berchi."

Kundalikda shohning joniga qasd qilishni rejalashtirganlari, buni Mordaxay bilib qolib shohga yetkazgani to‘g‘risida yozilgani haqida yozilgan edi.

Shoh: "Mordaxay bu xizmati uchun nima bilan taqdirlangan? Unga hurmat ko‘rsatilganmi?"

Xizmatkor: "U hech narsa bilan taqdirlanmagan."

Ertasiga Xomon saroyga keldi. U shohdan Mordaxayni dorga osilishi uchun ruxsat olmoqchi edi.

Shoh: "Xomon, shoh taqdirlamoqchi bo‘lgan odamga qanday hurmat ko‘rsatsa bo‘ladi?"

Xomon shoh uni taqdirlamoqchi bo’lsa kerak deb o’yladi.

Xomon: "U odam uchun o‘zlari kiygan shohona liboslarni, shohimiz mingan, usti shohona zeb–ziynatlar bilan bezatilgan otni olib kelishsin. O‘sha odam kiyintirilgandan keyin, otga mindirilsin–da, shahar maydoniga olib chiqilsin. Shohning xizmatkori uning oldida yurib 'Shoh taqdirlamoqchi bo‘lgan odam mana shunday hurmatga sazovor bo‘ladi!' – deb jar solsin."

Shoh: "Xomon, Mordaxayga shunday qil!"

Xomonning rangi oqarib ketdi.

Keying hikoyada bu Muqaddas Kitob hikoyasini qanday davom etishini eshitasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Shoh, Ester, Xomon, ayol, xizmatkor

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:13 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)