STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 147 (Nothing is too hard for God 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

147. Xudo uchun hech narsa juda qiyin emas 2


Mumkin emas! Umuman mumkin emas! Ibrohim shunday o’ylagan bo’lishi mumkin. Nimaga? Ibrohim va xotini keksayib qolgan edilar. Uzoq yillardan beri Xudo ularga o’g’il berishni va’da qilardi. Lekin 89 yoshda farzand ko’rish yoki 99 yoshda dada bo’lish mumkin emas.

Xudo Ibrohimni esidan chiqardimi?

Ibrohim chaylasini kiraverishida o’tirar edi. Kunning jazirama issiq payti edi. Kutilmaganda unikiga mexmonlar kelishdi. Uchta odamlar unikiga kelishgan edi. Ibrohim ularni ko‘rgan zahoti, chodirga kiraverishdan ularni kutib olgani yugurib bordi va muk tushib ta’zim qildi. Ularning biri Xudoning O’zi ekanligini bildimi?

Ibrohim: "Hazratim, sayohatingizni davom ettirishdan oldin bardam bo‘lib olinglar. Shu yerda qolinglar. Suv olib kelib oyoqlaringni yuvay. Salqinda o’tirib dam olinglar. Siz uchun ovqat tayyorlayman."

Kishi: "Mayli."

Ibrohim tayyorgarlikka shoshilib kirishib ketdi. Sora non yopdi. Xizmatkor buzoq so’ydi. U suzma, sut va pishirib tayyorlangan buzoq go‘shtini olib, mehmonlarning oldiga qo‘ydi. Mehmonlar ovqatlanishayotganda, Ibrohim daraxt ostida ularga o‘zi xizmat qilib turdi.

Kishi: "Xotining Sora qayerda?"

Ibrohim: "Shu yerda, chodirda."

Kishi: "Kelgusi yili shu paytda men qaytib kelganimda, xotining Sora o‘g‘illi bo‘ladi."

(kulish ovozi)

Sora kuldi. U suhbatni eshitib turgan edi. Bu mumkin emas deb o’yladi u. U keksayib qolgan edi.

Kishi: "Nima uchun Sora kuldi? Nimaga u: 'Qarib qolgan bo‘lsam–u, bola tug‘armidim', dedi? Men, Egangiz, uchun imkonsiz narsa bor ekanmi?! Kelgusi yil shu paytda Men qaytib kelaman. O‘shanda Soraning o‘g‘li bo‘ladi."

Xudoga imkonsiz narsa bormi? Xudo Ibrohimga o’g’il berishi haqida o’n martadan ko’proq va’da berdi. Bir martasida bu tushuntirish tarzida bo’ldi.

Xudoning ovozi: "Osmonga qara, agar yulduzlarni sanay olsang, sanab ko’r. Sening nasling ham o‘sha yulduzlarga o‘xshagan ko‘p bo‘ladi."

Ibrohim yulduzlarni sanay olmadi, lekin Xudoga ishondi. Yulduzlar to’la osmon unga Xudoning buyukligini eslatdi. Xudo uchun biror narsa mumkin emasmi? Hech qachon! Tasavvur qiling Ibrohim 99 yoshida, Sora 89 yoshida farzand ko’rishdi.

(chaqaloqning kulish ovozi) Uzoq orzu qilingan farzandlariga ular Is’hoq deb ism berdilar.

Xudo bilan hamma narsa mumkindir. U siz tasavvur qilganingizdan ham buyukdir. Yulduzlarni sanab ko’ring, shunda Xudoni qanchalik kattaligini bilasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ibrohim, Kishi, Xudoning ovozi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 07:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)