STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 128 (No more thirst)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

128. Boshqa chanqoqlik yo'q


Shaharning ko’p odamlari undan hazar qilib, o’zlarini undan olib qochishar edi.

Samariyalik ayol: "Ular qo’llari bilan meni ko’rsatishadi, o’zlarini hayotlarida hamma narsa mukammalday. Yaxshi, quduqqa suvga borishim kerak, yo’lda biror kimni uchratmayman deb umid qilaman." (toshli yo’lakdan yurish ovozi)

Tushki soat 12:00. Ayol ko’zasini olib shahar tashqarisidagi quduqqa ketdi. Kunning bunday qizig’ida biror kimni uchratish amru mahol edi. Sihar shahrining odamlari suvga ertalab yoki kechqurun borar edilar.

Samariyalik ayol: "Voy yo’q, quduq yonida kim o’tiribdi ekan?"

Iso: "Menga ichgani suv ber."

Samariyalik ayol: "Siz Yahudiy bo‘lsangiz, men esa Samariyalik ayol bo‘lsam, qanday qilib mendan suv so’rashga jur’at etdingiz?!"

Samariyaliklar o’zga xalqlardan uylanib, butlarga sig’inganlari uchun Yahudiylar Samariyaliklar bilan aloqa qilmasliklarini bilmas edimi? U buni bilar edi. Lekin U hech qachon rad qilinganlardan qochmas edi. Iso boshqacha edi.

Iso: "Agar sendan suv so’ragan Odam kim ekanligini bilganingda edi, o’zing Mendan suv so’ragan bo’lar eding va Men senga hayotbaxsh suvni bergan bo’lar edim."

Samariyalik ayol: "Sizda suv oladigan hech narsangiz yo‘q–ku, quduq esa chuqur."

Iso: "Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi. Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suv o’sha odamning vujudida buloqqa aylanib, abadiy hayot sari jo’shib oqadi."

Bizning xohishlarimiz chanqoqlikni his qiladi. Ularning bir amalga oshib, keyin yangisi paydo bo’ladi. Shunday qilib ular paydo bo’lib shunday davom etaveradi. Yurak xohishlari hech qachon qoniqmaydi. Chanqoqlikni hech qachon qondirib bo’lmaydi. Na buyuk tajriba bilan, na sport mukofatlari bilan, na biror do’st bilan yoki na bu chanqoqlikni bosadigan biror narsa bilan qondirib bo’lmaydi. Bu chanqoqlikni quduq yonida o’tirgan Isodan boshqa hech kim qondirolmaydi. Ayol buni sezdi.

Samariyalik ayol: "Taqsir, bu suvdan menga ham bering. Men ham hech qachon chanqamayin, suv olgani bu yerga kelavermayin."

Iso: "Bor eringni bu yerga chaqirib kel."

Samariyalik ayol: "Mening erim yo’q."

Iso: "Bilaman, sening besh nafar ering bo‘lgan, hozirgisi ham ering emas. Sen to‘g’risini aytding!"

Iso u ayol to’g’risida hamma narsani bilganiga qaramay, hali ham undan qochib ketmas edi.

Samariyalik ayol: "Xudo Sizni jo’natgan. Men Qutqaruvchini kelishini bilaman."

Iso: "Men O’sha Qutqaruvchiman."

Iso u ayolning gunohlarini kechirdi va unga yangi, qoniqarli hayot berdi. Xursand bo’lib ketgan ayol ko’zasini quduq yoniga tashlab shaharga yugurib ketdi.

U ayol hammani Isoning oldiga borishlariga taklif qildi.

Men ham sizlarni taklif qilaman. Isoga keling. Shunda siz Sihar shahrining aholisi aytgan quyidagi shu so’zlarni aytasiz:

Bola: "Endi sening so’zlaring tufayligina ishonayotganimiz yo‘q. Uni o’zimiz ham eshitdik. U haqiqatan ham olamning Najotkori ekanligiga amin bo‘ldik."


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Samariyalik ayol, Iso, bola

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 04:13 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)