STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 129 (Shabola from South Africa)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

129. Shabola


(bolg’aning urish ovozi)

Otasi: "Shahboz, sen buni juda yaxshi uddalayabsan."

Shahboz: "Bolg’ani urganimda mushaklarim o’griyabdi. Ay! Oy! Oyoqlarim."

Otasi: "Sen boshqa bolg’ani ushlay olmaysan. Ozgina dam olgin, keyin loyni tepkilaysan."

Shahboz salqinga o’tirib uzoqdan maymunning baqirishini eshitdi. Uning otasi Janubiy Afrikadagi Junglida chaylani qurishni davom ettirar edi. Ular qishloqdagi xizmat maktabiga o’qishgandek yaxshi o’qishar mikin?

Otasi: "Shahboz, kel yana ish qilaylik."

Otasiga yordam berish unga quvonchli edi, lekin maktabga borishni u ko’proq yaxshi ko’rardi. Ertasiga nonushta qilib bo’lgach u maktabga ketdi. Shahboz Umida o’qituvchisini yaxshi ko’rar edi. Hamma bolalar u o’qituvchini yoqtirishar edi. Shahbozning eng yaxshi ko’rgan fani dinshunoslik edi. Ayniqsa bir qora jingalak sochli yosh bola bu darsni e’tibor bilan eshitar edi.

O’qituvchi: "Bitta qo’y suruvdan uzoqqa ketib yo’qolib qolibdi. Cho’pon suruvni qoldirib yo’qolgan qo’yni topmagunigacha qidirgani ketibdi. Cho’pon qo’yni tikonlar ichidan topibdi va uni tikonlar orasidan qo’li bilan olib uyiga qaytarib olib kelibdi. Iso Masih Yaxshi Cho’pondir. Iso yo’qolganlarni toppish uchun osmondan yerga kelgan."

Shahboz: "Umidaopa, men ham yo’qolgan qo’yman. Iso meni ham izlayabdimi?"

O’qituvchi: "Ha, Iso seni sevgani uchun seni ham qidiryabdi. Qachon sen Isoga tegishli bo’lishni xohlasang, Isoga buni aytishing mumkin."

Bir kuni Shahboz darsga kelmadi. Ertalab u o’rnidan turmoqchi bo’lganida harorati balandligidan boshi aylanib turolmadi.

Onasi: "Shahboz, harorating yuqori. Men folbinni chaqirib kelaman."

Shahboz (kuchsiz ovozda): "Folbin menga yordam berolmaydi."

Shahboz qattiq kasalligidan arang gapirar edi. Yakshanba kuni o’qituvchisi undan xabar olgani keldi.

O’qituvchi: "Shahboz, sen juda qattiq kasalsan. Agar o’lish vaqti kelgan bo’lsa, bunga tayyormisan?"

Shahboz: "Rabbiy Iso mening Yaxshi Cho’ponimdir. U tez orada meni osmonga olib ketadi."

Shahboz ko’zlarini yumdi va boshqa yana hech qachon ochmadi.

Shahbozni ko’mish marosimida o’qituvchi Yaxshi Cho’pon haqida aytib berdi.

Birdan Shahbozning dadasi tobut yoniga tiz cho’kib ibodat qildi:

Otasi: "Rabbiy Iso Shahboz Sen bilan. U yertda unga yaxshi, chunki Sen u bilansan. Men ham Senga tegishli bo’lishni xohlayman. Mening gunohlarimni kechir va mening Yaxshi Cho’ponim bo’lgin. Omin. Umidahon, men boshqa xafa emasman, chunki bir kuni jannatda Shahbozni yana ko’rishimni bilaman."


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Otasi, Onasi, Shahboz, O’qituvchi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 04:11 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)