Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 127 (Too late)
127. Juda kech
Ular qirg’oqqa yetib kelib qayiqdan tushishdi. Va nihoyat! Yairga Iso juda ham kerak edi. U olomon orasidan surib-surib o’tib Isoning oyoqlariga yiqilib dedi:
Yair: "Qizim o’lyabdi, tezroq yuring. Iltimos u tuzalishi uchun qo’llaringizni qizimga qo’ying."
Iso Yair bilan ketdi. Ular shoshilishlari kerak edi. Nimagadir Iso birdan to’xtab qoldi?
Iso: "Kiyimimga kim tegdi?"
Kishi: "Men emas. Hamma bir-birini itaryabdi."
Iso atrofga qarab orqasida titrab-qo’rqib turgan bir ayolga ko’zi tushdi.
Ayol: "Men faqat Sizning kiyimingizga tegishni istadim. Men o’n ikki yildan beri kasalman. Hech qanday shifokor va hech qanday dori-darmon meni shifolay olmadi. Men shifo toppish uchunhammapulimnisarflabbo’ldim. Lekin men Sizning kiyimingizga tegishim bilanoq darhol shifo topdim!"
Iso: "Ishonching seni sog’aytirdi. Qo’rqma!"
Ishonch yordam beradi! Agar siz Isoga ishonsangiz hafsalangiz pir bo’lmaydi. Yoki ba’zida xafa bo’lib ham qolish mumkin deb o’ylaysizmi?
Xabarchi: "Yair qani? Yair, sizga yomon xabarim bor: qizingiz o’ldi."
Yairning qizi hali o’n ikki yoshda edi. Yairning ishonchi sham shomalda o’chib qolishidek butunlay so’ndi.
Iso: "Qo’rqma. Buning o’rniga Menga ishon!"
Isoning bu so’zlari Yairning imonini yana alangalatdi. Ular Yairning uyiga yetganlarida, bezovtalikni, dod–faryod qilayotgan odamlarni ko’rdilar.
Iso: "Nega yig’layabsizlar? Qizcha o’lmagan."
Hamma Isoning ustidan kuldi. Ular qizchani o’lganini o’z ko’zlari bilan ko’rgan edilar. Iso hammani tashqariga chiqardi. Faqat qizning ota-onasi va Iso bilan har doim birga yuradigan Uning uchta yaqin do’stlariga qiz yotgan xonaga kirishga Iso ruxsat berdi. Xona suv quygandek tinch edi. Yair Isoning: 'Qorqma, buning o’rniga Menga ishon' – degan so’zlarini o’yladimikin? Bu holat uni qanday Isoga ishontira oladi?
Iso o’lgan qizchaning oldiga borib qizchani qo’lidan ushlab dedi:
Iso: "Talifakum! Qizaloq, qani, o’rningdan tur!"
Qizning ota-onasi qizlarini qanday ko’zlarini ochganini va qanday o’rnidan turganini ko’rdilar.
Iso: "Qizchaga yeyish uchun biror narsa beringlar."
Shifo beruvchi va o’liklarni tiriltiruvchi Rabbiy buni aytdi.
Iso hamma narsani qila oladi! Bundan tashqari yana bir narsa: Iso Unga ishonganlardan xafa bo’lmaydi.
Shu sababdan hayotingizda nima bo’lishidan qat’iy nazar: Qo’rqmang, buning o’rninga Isoga ishoning!
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Yair, Iso, Kishi, Ayol, Xabarchi
© Copyright: CEF Germany