Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 108 (Bela‘s Bible)
108. Belaning Muqaddas Kitobi
Lo’lilarning usti yopiq aravasi shahar yoliga chiqdi. Bolalar tebranib ketdilar.
Bahrom: "Dada, men fermerning qo’lida ishlamoqchiman."
Father: "Tez zerikasan."
Onasi: "Bahrom ishlaydi? Bu qanday qiziq!"
Bahromning ota-onasi ish borasida Bahromga ishonmasliklari Bahromni hafa qildi. Keyingi shaharda u aravadan tushib qochib ketdi.
U oynasidan gullar korinib turadigan fermani yoqtirar edi. (miqni qoqish ovozi)
Fermer: "Salom. Sen kimsan?"
Bahrom: "Mening ismim Bahrom va men sizning qo’lingizda ishlamoqchiman."
Fermer: "Sen kartoshka hosilini yiqqani vaqtida kelding. Lekin birinchi biror narsa yeb olishing kerak. Ichkariga kir."
Oshxonaning hidi unga ayiqdek ochligini eslatdi.
Fermer: "Tanovvul qilishimizdan oldin ibodat qilamiz. ‘Xudovand bizdagi hamma in’omlar va hamma narsa Xudovand Sendan keladi. Biz bularning hammasi uchun Senga raxmat aytamiz. Omin‘."
Ibodat qilish va Muqaddas Kitob o’qish Bahrom uchun yangilik edi.
Lekin samimiy fermer bilan birga ishlab yurishni Bahrom yoqtirdi. Hatto fermerning qo’lida ishlash quvonchli bo’lishiga qaramay, kunning oxirida uning orqalari og’rir edi. Bir hafta o’tdi. (ittlarning vovullash ovozi)
Bahrom: "Nero, nima bo’ldi? Men bilan to’p o’ynashni xohlaysanmi?"
Tashqarida, Nero quloqlarini tepaga ko’tarib turardi. Bahrom ham bir narsani eshitdi. (skripkaning ovozi)
Bahrom: "Nero, kimdir skropka cholyabdi. Ular mening ota-onam bo’lishlari kerak. Ular olov yonida o’tirib tipratikonni o’tga tutib pishirib, qo’shiq aytyabdilar. Hammasi birdan sodir bo’ldi, men rosa ham uydagilarni sog’indim. Sen buni tushunasanmi?”
Bahrom oshxonada yolg’iz o’zi edi, boshqa hech kim yo’q edi. U stol ustida turgan Muqaddas Kitobni olib ota-onasining yoniga ketdi.
Otasi: "Bahrom, keldi. Biz uchun biror narsa olib keldingmi?"
Bahrom: "Men sizlarga bu Kitobni olib keldim."
Onasi: "G’ofur o’qishni biladi."
G’ofur: "Hoy, qaranglar, bu Muqaddas Kitob ekan. Unda: 'Yangi Ahddagi bizning Rabbimiz Iso Masih' – haqida aytyabdi."
Onasi: "U yaxshi Kitob. Bizga o’qib ber!"
G’ofur: "Kishi Isoning yoniga kelib: 'Qutqarilishim uchun nima qilishim kerak?' – deb so’rabdi. Iso unga javoban: 'Xudoning amrlarini bajar. O’g’irlikqilma'."
Otasi: "O’g’irlik qilma?"
Hammalari nimanidir o’g’irlaganlari uchun aybdorlik hissida hamma lo’lilar bir-birlariga qarashdi. Hatto Bahrom Muqaddas Kitobni o’girlagan edi. Lekin u shu kecha Muqaddas Kitobni qaytarib joyiga qoydi.
Fermer: "Bahrom, bu kutilmagan hodisa. Sen Muqaddas Kitobni oldingmi? Yaxshi, men Uni senga beraman."
Bahrom: "Rostdanmi, men Uni olishim mumkinmi?"
Bahrom xursand edi. Muqaddas Kitob orqali lo’lilar Iso haqida o’rganishdi va Isoga ishonishdi.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bahrom, Otasi, Onasi, G’ofur, Fermer
© Copyright: CEF Germany