STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 107 (Lame excuses)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

107. Sholning kechirilishi


Davron kitob shinavandasidir. Mark Twain, C.S. Lewis va boshqa ko’p yozuvchilarning kitoblarini hammasini o’qib chiqqan. Lekin u zavqlanmaydigan bitta muhim kitob bor.

Davron: "Muqaddas Kitob men uchun emas."

Qiz: "Nimaga sen uchun emas?"

Davron: "Muqaddas Kitobda men tushunmaydigan ko’p narsalar bor."

Qiz: "Bu nato’g’ri sababdir. Sen ba’zi bir narsani tushunishing kerakligini bilaman."

Davron: "Masalan nimani?"

Qiz: "Masalan: Sen o’g’irlamasliging kerak."

Vou! Bu Davronga kamon o’qi tekkanday suqildi. Yuzi qizarib ketdi va tez-tez yurishni boshladi.

Siz kitoblarning kitobi Muqaddas Kitob haqida eshitganmisiz?

Davron: "Kitoblarni chop qiladigan mashina kashf qilingandan keyin birinchi bo’lib Muqaddas Kitob chop etilgan."

Qiz: "Muqaddas Kitob 1600 dan ko’proq tillarga tarjima qilingan."

Davron: "Eng kichkina Muqaddas Kitob Angliyada chop etilgan bo’lib gugurt qosqoniga o’xshaydi."

Qiz: "Dunyodagi eng katta Muqaddas Kitob yog’ochdan yasalgan bo’lib og’irlgi 24,000 kg dir."

Davron: "Muqaddas Kitob ko’p odamlarning sevimli kitobidir, lekin shu bilan birga Uni ko’plar yomon ko’radi."

Qiz: "Muqaddas Kitobning muallifi Xudodir va 40 qa yaqin odamlar Xudo aytgan so’zlarni yozganlar."

Davron: "Kim Muqaddas Kitobni o’qisa Xudoga ishonib yangi odamga aylanadi. Boshqa hech qaysi kitob insonni shunday o’zgartirolmaydi."

Qiz: "Muqaddas Kitob taxminan uch million maktublardan iborat. Agar siz Muqaddas Kitobni har kuni to’rt bobdan o’qisangiz, bir yilda Muqaddas Kitobni o’qib bo’lasiz."

Davron: "Angliyadagi bir odam Muqaddas Kitobni allaqachon 100 marta o’qib chiqqan!"

Bir kishi do’stining Muqaddas Kitobi teshilganiga ko’zi tushibdi. U ko’nglida Muqaddas Kitobni teshish yomon narsa deb o’ylabdi. Kim Xudoning So’ziga shunday yomon munosabat qilishga jur’at qiladi? U juda ajablabdi.

Uning do’sti u nima haqida o’ylayotganini payabdi.

Kishi: "Men Muqaddas Kitobimdagi teshik meni hayotimni saqlagani uchun xursandman. Urus hpaytida men askar bo’lib oldingi qatorda jang qilardim. Biz arang-arang embaklab yurar edik. Men birdan kuchli nimadir ko’kragimga tekkanini va kuchli og’riqni sezdim. Nima bo’ldi? Dushman meni mo’ljallab menga o’q otgan edi. Lekin men har doim oldimdagi cho’ntagimda kichkina Muqaddas Kitobimni olib yurardim. O’q Muqaddas Kitobni teshib o’tib meni yengil jarohatlagan edi. Agar Muqaddas Kitob cho’ntagimda bo’lmaganida o’q yuragimga suqilib kirardi.

Muqaddas Kitob meni hayotimni saqlab qoldi. Faqatgina bir marta emas, ikki marta saqlab qoldi. Birinchi marta men faqatgina Iso meni gunohlarimdan qutqaroladigan Zotligini o’qiganmda. Ikkinchi marta meni o’ldiradigan o’qdan saqlaganda."

Men Muqaddas Kitobni har kuni o’qiyman. Siz ham o’qiysizmi? Agar Muqaddas Kitobga ega bo’lishni xohlasangiz menga xat yozing. Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: "Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, yo‘limga nur sochadigan yorug‘likdir" (Zabur 119:105).

Bu nur sizga yo’qolib qolmasdan, Xudoni topadigan yo’lni ko’rsatadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Davron, Qiz, kishi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 02:25 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)