STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 106 (End of the line 6)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

106. Yo'lning oxiri 6


O’ng tomondan yo’l bering – Bir tomonlama yo’l –Tupik – Moshina qo’yilmasin – TO’XTANG!

Svetafor belgilarisiz shaharlarimiz tartibsiz bo’lib ketadi. Posbonlarsiz yurtimiz tartibsiz bo’lib chalkashib ketadi.

Buyuk xalq cho’lda yurishdi. U yerda ko’chalar ham, yo’lakchalar ham yo’q edi. Lekin u yerda Posbon bor edi. Ustun shaklidagi bulut ichida Xudo ularning oldida ketdi. Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan ozod qilib va’da qilgan yerga olib ketdi.

Kim Xudodek yaxshi yetaklaydi?

Bulut to’xtaganda xalq dam olar edi. Bulut yana yurishni boshlaganda, butun xalq U bilan ketar edi. Kechasi u alanga ustuni eng yorug’ chiroqdan ham yorug’roq yoritar edi.

Kim Xudodek yaxshi yetaklaydi?

Isroillik: "Bulut yurishdan to’xtadi. Biz chodirmizni shu yerga o’rnatishimiz mumkin."

Isroillik ayol: "Qizil dengizni to’g’risida o’rnatamiz. Bu zo’r-ku."

Bola: "Cho’milishimiz mumkinmi?"

Isroillik: "Men, men aniq ko’rolmayabman. U yoqqa qaranglar!"

Isroillik ayol: "Bu bo’lishi mumkin emas. Ular kelishyabdi!"

Isroillik: "Misrliklar quvlab kelishyabdi! Bizni o’ldirishadi!"

Isroillik ayol: "Muso, nimaga sen bizni dahshatli sahroga olib kelding?"

Muso: "Qo’rqmanglar! Kim bizning Xudoyimizdek xudo bo’la oladi? Xudoyimiz biz uchun jang qiladi."

Birdan, kata bulut Isroilliklar va Misrliklarni o’rtasida paydo bo’ldi. Dushmanlar taraf qorong’u edi, lekinIsroilliklar taraf yorug’ edi.

Xudodek kim shunday yordam beroladi? Xudo uchun hech narsa imkonsiz emas!

Muso Xudo bergan tayog’ini Qizil dengizga uzatdi (suvni qattiq ovozi).

Isroillik: "Mo’jiza! Bunga qaranglar! Dengiz o’rtasida yo’l paydo bo’ldi."

Isroillik ayol: "Chap va o’ng tomonda suv devor bor. Xudo buni biz uchun qildi."

Xudodek shunday mo’jizani kim qiloladi?

Dengiz o’rtasida quruq yo’l borligi mutloq to’g’ridir. Hamma Isroilliklar yo’lakdan yurib narigi qirg’oqqa chiqib oldilar.

1chi Misrlik: "Ularni orqasidan boringlar. Dengiz o’rtasidagi yo’lak biz uchunhamdir."

2chi Misrlik: "Hoy,aravalarimiz yurmay qoldi. Biz mag’lub bo’ldik. Xudo bizga qarshi jang qilyabdi."

Bu so’zlar Misrlikning oxirgi so’zlari edi. Ikkala tomondan suv devorlar ularning ustiga tushdi. Misrliklarning butun lashkari suvga g’arq bo’ldi.

Isroilliklar: "Qutqarildik! Bizqutqarildik! Bizing Xudoyimiz hamma dushmanlarimiz va hamma narsa ustidan g‘olibdir."

Quvonchdan ichlariga sig’may ular Xudoga minnatdorchilik qo’shig’ini aytilar.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Isroillik, Isroillik ayol, bola, Muso, ikkita Misrliklar

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 02:17 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)