STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 029 (Behind closed doors)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

29. Yopiq eshiklar ortida


Shogird: “Yuhanno, eshikni qulufla – men ularga ishonmayman. Birinchi Isoni o’ldirdilar, endi bizni o’ldirgani keladilar.” (eshikni yopilish ovozi)

Hapsalasi pir Isoning shogirdi yopiq eshikni orqasida o’tirar edi. Ular Isoni tirilganini bilmas edilarmi? Maryam Iso tirilgandan keyin U bilan birinchi bo’lib gaplashdi.

(eshikni taqillashi)

Emmausdan kelgan birinchi shogird: “Biz shu yerdamiz!”

Emmausdan kelgan ikkinchi shogird: “Eshikni ochinglar!”

Shogird: “Kleopa, nimaga qaytdilaring?”

Emmausdan kelgan birinchi shogird: “Biz Iso bilan gaplashdik! U tirik!”

Shogird: “Isoni qayerda ko’rdilaring? Hammasini aytib beringlar!”

Emmausdan kelgan ikkinchi shogird: “Birinchi biz Uni umuman tanimadik.”

Emmausdan kelgan birinchi shogird: “Bu shunday sodir bo’ldi: biz gaplashib ketayotgan edik. Birdan yonimizda ketayotgan kishi bizni suhbatimizga qo’shildi.”

Emmausdan kelgan ikkinchi shogird: “U bizdan nima haqida gaplashyotganimizni so’radi. Men: Quddusda Isoni xochga mixlaganlari haqida yolg’iz siz eshitmadingizmi? U bizga Xudo buni oldin allaqachon aytganini va bu shunday sodir bo’lishi kerakligini tushuntirdi.”

Emmausdan kelgan birinchi shogird: “U Muqaddas Kitobni yaxshi bilardi. Suhbatdan biz o’zimizga keldik. Vaqt o’tib Emmausga yetib kelganimizda allaqachon qorong’u tushib qolgan edi.”

Emmausdan kelgan ikkinchi shogird: “Biz Uni kechki tushlik qilishga taklif qildik. Va shu payt sodir bo’ldi. U nonni olib duo qildi, sindirib bizga berdi. Keyin biz Isoni tanib qoldik: ISO! Lekin biz Uni Isoligini tushinib qolganimizda U g’oyib bo’ldi. Ko’zimizni o’ngida U ko’rinmay qoldi.”

Emmausdan kelgan birinchi shogird: “Bu haqiqatdan, rostdan tog’ri! Biz Iso bilan gaplashdik va tezgina Isoni tirikligini aytish uchun yugurib qaytib keldik.”

Odamlar Isoni uchratganda jim tura olmaydi, ular Iso haqida boshqalarga aytadilar. Bu ikkala shogird boshqalarga Iso bilan uchrashganini aytib turgan paytda birdaniga Iso xonada paydo bo’ldi.

Iso ularga oyoq va qo’llarini ko’rsatdi.

Iso: “Sizlarga tinchlik bo’lsin! Bu Menman.”

Bundan keyin shogirdlar ishonishdi. Iso haqida eshitish yaxshidir. Iso bilan uchrashish hamma shubhalarni olib tashlaydi va quvonch beradi.

Keying hikoyada Munisa va Sorahon Iso bilan qanday uchrashganlari (tavba qilganliklari) haqida aytib beradi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, shogird, 2ta Emmausdan kelgan shogirdlar, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:08 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)