Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 030 (Meeting Jesus)
30. Isoni uchratish
Siz hech 2000 yil oldin yashab Isoni uchratishni xohlaganmisiz?
Siz Isoni ko’rganmisiz va Uni eshitganmisiz?
Munisa, Iso bilan uchrashuv (tavba qilish) senda qanday sodir bo’lgan? Bu qachon sodir bo’lgan?
Munisa: “Bu mening oyim bolalar darsini uyimizda o’qitganda sodir bo’lgan. Biz har bir inson faqat Iso orqali osmonga bora olishini va Iso biz uchun o’lganligi sababli bizni gunohlarimizni kechira olishi haqida gaplashardik. Keyin men agar hech qachon gunoh qilmagan Iso biz uchun o’lgan bo’lsa, unda U bizni juda ham sevishi shubhasizdir deb o’yladim. Shunday qilib men Isoni yuragimga qabul qildim.”
Sen buni qanday qilding?
Munisa: “Men ibodat qildim.”
Bundan so’ng nima sodir bo’ldi?
Munisa: “Bundan keyin men Isoga meni hafa qiladigan hamma narsani ayta oldim va Uning yordami uchun raxmat ayta oldim. Iso meni yangi inson qildi va men doim ishona oladigan Zotga ega ekanligimni va U meni hech qachon hafa qilmasligini bilaman.”
Sorahon sen ham Iso bilan uchrashganmisan? Bizga buni qanday boshlanganini aytib bergin.
Sorahon: “Men o’zimni chindan yaxshi ko’radigan mana bu qo’shiq bilan boshlangan (musiqa cholinadi):
‘Boy, kambag’al, katta, kichik yo’q.
Oddiy, yaxshi odam yo’q; Uning sevgisi hammamiz uchundir.
Xudo har birimiz uchun – har bir Uni qadirgan uchun eshikni ochadi.
U aybu gunohlarni olib, o’rniga So’ziga muvofiq sevgisini beradi.’
Bu qo’shiqni aytganimda, bu rostdan men uchunligini tushunib qoldim. O’sha kuni kechqurun men onam bilan gaplashdim va biz ibodat qildik. Bu mening qanday qilib Isoni uchratganligimdir. Men Isodan mening hayotimga kirib kelishini so’radim. Keyin o’zimdan og’ir yuk tushganini sezdim – o’zimni yengil his qildim! Kim bo’lmasin hamma Isoni qabul qilish huquqiga egadir – bu zo’r!”
Iso sizni sevganligi uchun Uni bilishingizni xohlaydi.
Iso shunday degan: “Oldimga kelgan bironta odamni Men aslo haydab yubormayman” (Yuhanno 6:37).
Siz nimaga Munisa qilganidek gunohlaringizni tan olishni va Sora Isodan hayotiga kirib kelishi so’raganidek so’rashni xohlamaysiz? Iso ibodatlarga javob beradi. Siz Xudoning farzandi bo’lasiz.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Munisa, Sorahon
Copyright: CEF Germany