STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 028 (The very first Easter)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

28. Eng birinchi Pasxa


Bugun qachondan beri uyg’oqsizlar?

Maryam va uning dugonalari sahar turishdi. Lekin ularning yuraklari g’amgin edi. Qaniydi Iso tirik bo’lganda! Bir necha kun oldin Iso xochda o’ldi. Har safar ular buni o’ylasalar yig’lar edilar.

Quyosh chiqqach ular qabr tomon ketdilar.

Dugonasi: “Maryam qara! Tosh ag’darilgan! U yerda farishta bor ekan!”

Farishta: “Qo’rqmanglar! Isoni qidiryotganlaringni bilaman. U bu yerda emas. U tirildi!”

Umid uyg’ondi! Albatta! Iso ularga allaqachon O’zini o’lishini va uch kundan keyin qayta tirilishini aytgan edi. Ular qanday buni esdan chiqardilar!

Farishta: “Kelinglar Isoni qo’ygan joylari bo’sh ekanligini ko’ring.”

Ayollar qabrga qarasalar qabr bo’sh ekan!

Farishta: “Boringlar shogirdlarni xabardor qilinglar!”

Ular yuraklarida katta quvonch va hayrat bilan u yerdan ketdilar. Iso tirik! Yo’lda ular Isoni uchratdilar. Ular Isoni ko’rdilar. Ular Isoni ushlab ko’rdilar. Iso ular bilan gaplashdi.

Iso: “Qo’rqmanglar! Boringlar boshqalarga aytinglar!”

Va ular huddi shunday qildilar.

Maryam: “Iso tirik!”

Dugonasi: “U tirildi!”

Maryam va Dugonasi: “Qabr bo’sh!”

(misra o’qilyotgan paytda musiqa chalinib turilsin)

Muqaddas Kitobda Iso sizga shunday deydi: “Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?“ (Yuhanno 11:25-26)

Masihiylar Fisih bayramida aytadigan salomlashish bilan men sizlar bilan hayrlashaman: “Iso tirildi! Haqiqatdan tirildi!”


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Maryam, Maryamning dugonasi, Farishta, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:05 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)