STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 027 (Jesus dies on the cross)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

27. Isoning xochda o'lishi


Bola: "Yahudoni Isoga hiyonat qilishi juda dahshatli deb o’ylayman”

Bola: “Nimaga Iso ular bilan jang qilmadi? U O’zini ozod qila olardi.”

Bu to’g’ri, Iso o’zini ozod qila olardi, lekin bu bunday bo’lmadi.

Bola: “Men buni tushunmayman.”

Xudoning O’g’li bu dunyoga bizning gunohlarimiz uchun o’lgani keldi. Har bir inson o’zining bo’ysinmasligi va aybdorligi sababli Xudodan ajiragan. Va gunohning evazi o’limdir. Iso Xudo bilan odamzod orasidagi munosabatni yana tiklash uchun bu jazoni O’ziga olishni xohladi.

Bola: “Aa, buni endi tushundim.”

Oliy Kengash oxirgi qarorni qabul qildi. Xalq Misrdan qutilganliklarini nishonlaydigan bayramda Oliy Kengashdagilar bir maxbusni ozod qilardilar.

Pilat: “Bu yil qaysi maxbusni ozod qilishimni xohlaysizlar? Isonimi yoki Barabbanimi?” – deb so’radi.

Aslida Pilat qotil Barabbani o’rniga Isoni qo’yib yubormoqchi edi. Pilat yana so’radi:

Pilat: “Barabbani ozod qilishimni xohlaysizlarmi yoki Isonimi?”

Olomon: “Barabbani ozod qilishingni xohlaymiz! Barabbani!”

Pilat: “Isoni nima qilay?”

Olomon: “Xochga mixla! Xochga mixla!”

Va keyin shunday sodir bo’ldi. Xudoning O’g’li bizni o’rnimizga o’lish uchun og’ir xochni shilinib qonab ketgan orqasida Galgo’fagacha ko’tarib bordi. U biz loyiq bo’lgan o’lim jazosini O’z xohishi bilan O’ziga olib o’ldi. Iso xochda olti soat osilib turdi. U o’lishidan oldin Iso dunyo uchun muhim so’zni aytib jon berdi:

Iso: “Amalga oshdi!”

Keyin Iso ko’zlarini yumdi va butun dunyoni gunohi uchun o’ldi.

Isoga ishonadigan har bir odam nafaqat abadiy hayotga ega bo’ladi, Xudo bilan munosabatga ham ega bo’ladi.

Siz bunga ishonasizmi?

Iso o’lganda kun edi, kunning o’rtasida hamma joyni qorong’ulik bosdi! – va yer qimirlab ketdi. Vahimaga tushgan Boshliq dedi:

Boshliq: “U rostdan ham Xudoning O’g’li edi!”

Kechqurun Isoni qabrga qo’ydilar, lekin Iso u yerda qolmadi. Eng zo’r joyi keldi!

Men uni hammasi haqida keyingi hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita bolalar, Pilat, olomon, Iso, Boshliq

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:04 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)