STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 026 (A friend betrays Jesus)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

26. Bir do'stning Isoga bo'lgan xoinligi


Do’st yoki dushman? Nima deb o’ylaysiz?

U Quddusning tor ko’chalaridan yurib borardi. Havotirlanib u orqasiga qarab qo’yardi, nihoyat u Oliy Ruhoniylarning uyiga yetib keldi. Orqadan eshiklar yopildi, rejalar ko’rib chiqildi. Bu odamlar Isoni o’ldirishmoqchi edi. Kimdir eshikni ochdi va u yerda turgan Iso shogirdini ko’rish ajablanarli edi.

Yahudo: “Agar men Isoni qayerda hibsga olishingiz mumkinligini ko’rsatsam buni evaziga nima berasizlar?”

Boshqalarni yuzida mag’rurlik paydo bo’lib tishlarini g’ichirlatdilar.

Oliy Ruhoniylar: “Biz senga 30 kumush tanga beramiz.”

Kelishuv tez amalga oshdi. Yahudo xursand bo’lib ma’baddan chiqib ketdi.

Vijdon: “Yahudo, sen Isoning shogirdisan. Qanday qilib sen Uni qandaydir pulga sotib hiyonat qilyabsan?”

Yahudoning vijdoni uni qattiq ayblagan bo’lsa kerak. Uch yil davomida Yahudo Iso bilan yurib Uning do’sti bo’lib qolgandi, lekin uning yuragi Isodan uzoqda bo’ldi. Va endi u Isoga hiyonat qilishni qulay paytini poyladi. Lekin Iso hamma narsani biladi; Iso har bir insonni ich ichigacha biladi. Bu shunday sodir bo’ldi.

Iso o’lishini bilardi va U Getsemaniya Bog’ida ibodat qilardi.

Birdaniga ko’pchilikning ovozi keldi. Yahudo va harbiylar chiroqlar va qilichlar bilan keldilar.

Do’stmi yoki dushman?

Iso: ”Kim Men bilan birga bo’lmasa, Menga qarshidir” – degan.

Do’stlik ma’nosini bildiruvchi o’pish belgisi bilan Yahudo Rabbiysini sotdi.

Harbiylar tezda tashlanib Isoni hibsga olib ketdilar.

Ular Isoga shavqatsiz munosabatda bo’ldilar. Ular Isoni urdilar, qamchiladilar va yuziga urdilar. Keyin ular aybsiz Isoni Oliy Kengash oldiga olib bordilar.

Yolg’on guvohlar Isoni aybladilar. Ma’bad xizmatchisi bunday deb baqirdi:

Ma’bad xizmatchisi: “O’zingni oqlash uchun biror narsa demaysanmi?”

Iso jim turib hech narsa demadi.

Oliy Ruhoniy: “Endi bizga aytchi – Sen Xudoning O’g’limisan!”

Iso: “Men O’shaman.”

Xalq: “Hech qachon bunday bo’lishi mumkin emas!”

Xalq: “Biz Unga ishonmaymiz!”

Xalq: “U o’limga loyiq!”

Xalq: “Uni yo’qotinglar!”

Xalq: “U o’lishi kerak!”

Ular bunga ishonishni xohlamadilar. Va keyinchi nima bo’ldi?

Keyingi darsda hikoya davom etadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi (va vijdon), Yahudo, Oliy Ruhoniy, Ma’bad xizmatchisi, Iso, xalq

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on February 17, 2018, at 03:59 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)