Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 012 (Joy that never leaves us)
12. Bizni hech qachon tashlab ketmaydigan quvonch
Tun osmonida yulduzlar to’la edi. Shaharda qorong’u edi. Dalada cho’ponlar qo’ylarini qo’riqlar edilar. Bu qiyin ish edi. Lekin ularning boshqa ilojlari yo’q edi. Ular o’g’rilar va qaroqchilar borligini yomon ko’rardilar.
U yerda ular uchun biror yordamchi yoki Najotkor bormikin? Ular omma ichida eng past odamlar bo’lganliklarini qabul qilarmidilar?
Holdan tolgan holda ular tayoqqa suyanib o’tirar edilar. Lekin birdaniga ular uyg’onib ketdilar. Tunning o’rtasida yorqin nur porlab ketdi. Porloq nurdan ularning ko’zlari yanada yaxshiroq ko’ra boshladi. Va ular juda, juda qo’rqib ketdilar.
Xudoning elchisi farishta, ularga osmondan tushgan edi. Qo’rqib ketgan cho’ponlar Xudoning ko’rinmas dunyosidan kelgan elchisiga tikilib qarab turar edilar.
Farishta: “Qo‘rqmanglar! Men sizlarga Xushxabar olib keldim. Bu xabar hammaga buyuk quvonch keltiradi. Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Najotkor tug‘ildi. U Masihdir, bizning Rabbimizdir. Mana, sizlarga Uning belgisi: oxurda yotgan, yo‘rgaklangan chaqaloqni topasizlar.”
Vahimaga tushgan cho’ponlar yaxshilab eshitib turar edilar. Najotkor! Ularning yuraklariga buyuk quvonch keldi. Xudo ularni unitmagan edi.
Birdan farishtaning yonida samo lashkari bo‘lmish son–sanoqsiz farishtalar paydo bo‘ldi. Ular Xudoga hamdu sano aytishardi.
Cho’ponlar og’ilxonaga borib Maryam, Yusuf va chaqaloq Isoni topdilar. Ular Najotkor Isoni ko’rganlarida juda xursand bo’ldilar.
Najotkor siz uchun ham tug’ilganligi ham to’g’ri. Rabbiy Isodan hayotingizga kirib kelishini so’rang va siz sizni hech qachon tark etmaydigan xursandchilikni qabulqilasiz.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, farishta
Copyright: CEF Germany