STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 011 (Jesus is born)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

11. Iso tug'ildi


(ko’p oyoq tovushlarining ovozi)

Podshoh Elchilari: “Nosiraliklar! Bu yerga keling va Shoh farmonini eshiting! Ro’yxatga olish bo’ladi. Shaharning har bir aholisi o’z tug’ilib o’sgan shahriga qaytib borib u yerdan ro’yhatdan o’tishi kerak.

Bu albatta yaxshi xabar emas. Lekin ro’yxatdan o’tib bo’lgach siz bu yerga qaytib kelishingiz mumkin. Bu qonunga bo’ysuninglar! Podshohni qattiq qo’lligi esingizda tursin.”

Hamma Nosiraliklar junbushga keldilar. Ko’p odamlarning jahli chiqdi. Shohning buyrug’i ularning rejalariga to’g’ri kelmasdi, lekin u Xudoning rejasiga mos keldi.

Hatto Maryam va Yusuf bunday uzoq safarga tayyor bo’ldilar. Yusuf Dovudning avlodi bo’lib o’zining tug’ilib o’sgan joyi Baytlahmga borishi kerak edi.

Sayohat aslida maroqli bo’ladi, lekin piyoda 106 milyani bosib o’tish bunday emas edi!

Ayniqsa Maryam uchun sayohat qiyin bo’ldi, chunki u birinchi bolasini tug’ish arfasida edi.

Maryam allaqachon Xudo O’g’lining onasi bo’lishini bilar edi, bu xushxabarni unga va Yusufga farishta aytgan.

Iso dunyoning Najotkoridir – bu Xudoning rejasi.

Baytlahmga sayohat hech tugamaydiganday tuyildi. Ular besh kun yurdilar. Maryam va Yusuf buni rejalashtirmagan edilar. Lekin bu Xudoning rejasi edi, shuning uchun ular bunga bo’ysundilar.

Baytlahmda ularning hafsalalari pir bo’ldi.

Mehmonxona egasi: “Hech narsa qilolmayman. Hamma xona band. Boshqa joydan so’rab ko’ringlar. Bu yerdan ketinglar, bu yerda sizlar uchun xona yo’q” – dedi.

Hech qayerdan joy topa olmadilar.

Va nihoyat ular og’ilxonadan joy topdilar.

Og’ilxona Xudoning rejasi edi.

Va u yerda kechasi mo’jiza sodir bo’ldi.

Iso tug’ildi. Maryam Isoni yo’rgaklab oxurga yotqizdi.

Xudoning rejasi amalga oshdi.

Tasavvur qiling buni Xudo 700 yil oldin Baytlahmda tug’ilishini va’da qilgan edi va bu sodir bo’ldi.

Xudo bu dunyoni juda sevdi, shuning uchun O’zini rejasini amalga oshirdi va biz uchun O’z O’g’lini berdi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, shohning elchilari, mehmonxona egasi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:33 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)