STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 010 (A Christmas quiz)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

10. Isoning tug'ilishi haqidagi savol javob


Bugun bizda va’da qilingan Mavlud savollari bor.

So’zlovchi (bola): “Men hamma javoblarni bilaman deb umid qilaman!”

Men ham bunga umid qilaman!

Mavlud bu – Rabbiy Isoning tug’ilishini nishonlaydigan tug’ilish bayramidir. Har yili dunyo bo’yicha odamlar Isoning tug’ilishini nishonlaydilar. Men ham nishonlayman. Men dunyoning Najotkori tug’ilganidan juda ham xursandman. 2000 yil oldin Iso tug’ilganida kechasi farishtalar kelganlar.

Qo’ylarini qo’riqlayotgan cho’ponlarga farishta: “Qo’rqmanglar! Sizlarga xushxabarimiz bor. Xursand bo’linglar! Dovud shahrida siz uchun Najotkor tug’ildi; U Xudoning Tanlangani Rabbiy Iso Masihdir. Oxurda yotgan chaqaloqni topasiz” – degan.

Birdaniga ko’p farishtalar paydo bo’lib: ”Xudoga olqishlar! Najotkor tug’ildi!” – deyishardi.

Xudo odamlarni juda sevadi va sizni ham juda sevadi!

Endi biz Mavlud savollarini boshlaymiz. Tayyormisiz? Men har bir savolga ikkita javob beraman, lekin ulardan faqat bittasi to’g’ridir. To’g’ri javobni yozing. Unda boshladik!

1. Iso qayerda tug’ilgan? Baytlahmda yoki Kairda?

2. Isoning onasining ismi? Soro yoki Maryam?

3. Yusufning kasbi nima bo’lgan? Elektrik yoki duradgor?

4. Dunyoning Najotkori tug’ilganligini farishtalar kimga aytdilar? Cho’ponlarga yoki Hirodga?

Siz javoblarni email orqali jo’natishingiz mumkin. Yoki menga yozishingiz mumkin, o’zingizni manzilingizni, yoshingizni yozing va siz to’g’ri javobni olasiz.

So’zlovchi (bola): “Zo’r! Men uni hoziroq bajaraman!”

Mening sizga maslahatim: agar sizda Muqaddas Kitob bo’lsa Luqo 2 bobni o’qing, u yerda Isoning tug’ilishi haqidagi voqeya yozilgan joyidan siz to’g’ri javobni topasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, bola

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:30 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)