STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 096 (My parents are separated)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

96. Mening ota-onam ajrashdi


Qiz: "Bu zo’r o’yin."

Bola: "Biz barcha sinovlarni yutganmiz."

Qiz: "Maqtanchoq."

Bolalar Yoshlar Gruhidan keyin uyga ketishga xursand bo’lib hayrlashdilar. Lekin Samida xafa edi.

Hikoya aytuvchi: "Samida, senga nima bo’ldi? Sen odatdagidan ko’ra hozir boshqachasan. Yaxsimisan?"

Samida: "Hammasi yomon. Dadam boshqa yo’q. U ketib qoldi. Meni va singlimni olib ketmadi. Onam uni boshqa ayoli borligini aytdi. Dadam u ayolni bizdan ko’ra ko’proq yaxshi ko’radi."

Hikoya aytuvchi: "Bu sen uchun qiyindir. Ota-onalar ajirashganda qanchalar bolalarga qiyinligini bilaman."

Samida: "U tashlab ketgandan beri o’zimni juda g’amgin his qilyapman."

Hikoya aytuvchi: "O’zingni tashlab ketilgandek his qilyapsanmi?"

Samida: "Men u ayolni yo’mon ko’raman. U dadamni olib qo’ydi. Dadam qachondir qaytib keladi deb o’ylaysizmi? Iso oilamizni yana butlay oladimi?"

Hikoya aytuvchi: "Samida,Iso oilalaringni butlashiga juda ham aminman. Iso hamma oilani baxtli bo’lishini xohlaydi. Iso oilalarni ajirashib ketishini xohlamaydi. Lekin bitta muammo bor."

Samida: "Qanday muammo?"

Hikoya aytuvchi: "Odamlar Isoning muammosidir. U odamlardan bajarishlarini xohlaydigan ishlarni odamlar bajarishni xohlamaydilar. Ular o’zlari xohlaydigan yo’ldan ketadilar va natijada ajirashadilar. Ota-onalar ajirashishganda bolalar azoblanadilar. Bu chuqur jarohatlanishga sabab bo‘ladi."

Samida: "Men dadam yana qaytib kelishini va hamma narsa ilgarigiday bo’lishini xohlayman."

Hikoya aytuvchi: "Men bu uchun ibodat qilaman va Iso ham buni xohlashini bilaman. Lekin sodir bo’lgan narsalardan ko’ra boshqa narsalar sodir bo’lsa bilginki Samida, Iso hamma jarohatlarni shifolay oladi. Bu shifolanish ancha vaqtni olishi mumkin va jarohatlar yana ochilib ketishi mumkin."

Samida: "Qachon dadam to’g’risida o’ylasam, har doim yig’layman."

Hikoya aytuvchi: "Men buni tushunaman. Qara bu otkritkaga yozilgan misrada Iso seni taskinlantirmoqchi. Uni o’qigin, iltimos."

Samida: "Otam va onam meni tashlaydi, lekin Xudo qabul qiladi."

Hikoya aytuvchi: "Odamlar bizni xafa qiladilar va tashlab ketadilar, lekin Iso hech qachon bunday qilmaydi. Sen Isoga yig’lashing va yuragingdagini to’kishing mumkin. Iso har doim sening yoningdadir. Otkritka senga buni eslatib turadi, men uni senga beraman."

Samida: "Raxmat. Bu haqida siz bilan boshqa payt gaplashsak bo’ladimi?"

Hikoya aytuvchi: "Albatta. Men har doim sen uchun vaqt topaman, Samida."

Samida: "Hozir men ketishim kerak. Xayr."

Hikoya aytuvchi: "Xayr, keyinroq ko’rishamiz. Menga yozishing ham mumkin."


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Samida, bola, qiz

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)