STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 097 (Whoever won’t listen 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

97. Kimdir tinglamaydi 1


(mixni qoqish ovozi)

1chi kishi: "U yana menga tikilib qarab turibdi."

Ayol: "U meni xafa qildi."

2сhi kishi: "U har doim g’alati odam bo’lgan. Yomg’ir yog’ar emish. Xudo unga bu haqida aytibdi emish."

Xudo haqiqatdan ham unga shunday deb aytgan edi.

Xudo aytdi: "Men butun yer yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki yer yuzi ularning dastidan zo‘ravonlikka to‘lib–toshdi. Endi ularni butun yer bilan birga yo‘q qilmoqchiman."

Faqat Nuh Xudoga bo’ysunib yashar edi. Buning uchun unga ko’p dalda kerak bo’ldi. Nuh odamlar qilayotgan yovuzliklarni qilmas edi. Nuh unga aytgan narsalarni bajarib mustahkam turar edi. Egamiz Nuhdan xursand bo’ldi.

Xudo aytdi: "Nuh o’zinga qattiq yog’ochdan kema yasagin. Katta to’fonni jonataman. Hamma borliq jon halok bo’ladi. Lekin Men seni, xotiningni, o’g’illaring va kelinlaringni asrab qolaman."

Nuh hamma narsani Xudo aytganidek qildi. U kemani o’g’illari bilan Xudovand aytgan yo’l-yo’riq bo’yicha qurdi. Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak edi (uzunligi taxminan 135 metrga, kengligi taxminan 22,5 metrga, balandligi taxminan 13,5 metrga to‘g‘ri kelardi). Kema uch qavatli qilib yasaldi. Kemaning eshigi yon tomonidan va oynasi esa tomida edi. Kemaning ichi–tashini qora saqich bilan suvab chiqildi.

Nuhning oilasini ustidan qo’ni qo’shnilar, qarindosh-urug’lar kulganini tasavvur qilyabsizmi?

1chi kishi: "Nuh jinni bo’lib qolibdi. Kema suzishi uchun qayerdan sev kelarkan?"

2chi kishi: "Men hech qachon yomg’irni ko’rmaganman. Nuh, kema yasashni to’xtatib biz bilan kayf-safo qilinglar, hayotdan zavqlaninglar."

Lekin Nuh ishini to’xtatmadi. U Xudoni aytganini bajarishda davom etdi. Ko’p mashaqatli harakatlardan keyin, kema ham qurib bitirildi.

Xudo aytdi: "Nuh oilang bilan kemaga chiqinglar. Har bir hayvondan bir juftdan va yegulik uchun ozuqalarni olinglar. Bir haftadan keyin 40 kechayu 40 kunduz tinmay yomg’ir yog’adi."

Nuh yomg’irni ko’rmadi, lekin Xudo aytganini bajarishda davom etdi. U oilasi bilan kemaga chiqdi. Hayvonlar keldilar. Ular xavf kelyotganini sezayotgandek edilar.

Hammalari kemaga bitta eshik orqali kirdilar.

Nuhning orqasidan eshikni Xudovandni O’zi yopib qo’ydi. Xudo Unga ishongan va bo’ysunganlarni qutqarib qoldi.

Boshqalarchi? Ular Xudoga ishonmadilarmi?

Birinchi yomg’ir yog’di. Keyin odamlar birdaniga Xudo aytganini qilayotganini tushunib qoldilar.

Keyin nima bo’lganini keyingi hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita kishi, ayol, Xudovandning ovozi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:02 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)