STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 098 (Punishments and promises 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

98. Jazo va va'dalar 2


Ayol: "Qachon yomg’ir yog’ishdan va nohoyat to’xtar ekan?"

Kishi: "Nuh to’g’ri aytimikan?"

(kemaga mushtlab urish ovozi)

Hamma: "Yordam beringlar! Nuh, och eshikni. Bizni ichkariga kirgaz!"

Endi kech bo’lgan edi. Xudoning O’zi eshikni yopib qo’ygan edi. Odamlar Xudoga quloq solishni xohlamadilar, endi esa natijada jabr chekardilar. Xudoga qarshi bo’ladiganlar bilan huddi shunday sodir bo’ladi.

Suv baland va yana baland ko’tarilardi. Xudo aytganidek 40 kechayu 40 kunduz yomg’ir yog’di, yog’di va yana yog’di.

Odamlar nima qilishlarini bilmay tomlarning ustiga va tog’larga chiqib oldilar. Lekin suv ko’tarilib hamma balandliklarni qamrab, tog’lardan 15 tirsak balandlikkacha ko’tarildi. Yer yuzida yashovchi jamiki jonzot nobud bo’ldi. Faqat Nuh va u bilan kemada bo’lganlar qutqarilib qoldilar.

Suv yana orqaga qaytgunicha bir yil vaqt o’tdi.

Nuh: "Yer ko’rindimikin. Qarg’ani chiqarib ko’rayinchi."

Nuh kaptarni ham uchirib yubordi. Nuh qushlar ular joylashadigan birorta quruq yer topishlarini ko’rmoqchi edi. lekin qushlar quruq joy topmay kemaga qaytib keldilar. Bir hafta o’tdi.

Nuh: "Yana kaptarni uchirib ko’rayinchi."

(oynani ochilishi va qushni qanotlarini uchish ovozi)

Nuhning xotini: "Qaranglar! Kaptar tumshug’ida nihol olib kelyabdi."

Nuh: "Tez orada yer butunlay quriydi."

Nuh kaptarni uchinchi marta uchirib yuborganida, kaptar boshqa qaytib kelmadi.

Bir yildan keyin yer yana butunlay quridi.

Xudo aytdi: "Nuh oilang bilan kemadan chiqinglar. Hayvonlar ham chiqsin, toki ular yer yuzida serpusht bo‘lib, ko‘payib, g‘ij–g‘ij qaynasin."

Kemada omon qolganlarning hammasi yerga chiqdilar.

Agar siz Nuh bo’lganingizda yerga tushishingiz bilan birinchi nima qilgan bo’lar edingiz? Nuh qurbongoh qurib qurbonlik keltirdi. Bu bilan Nuh Xudo ularni qutqarib qolgani uchun Xudoga minnatdorchilik bildirdi. Nuh Xudoga hayotini berdi. Bu Xudoni mamnun qildi.

Xudo aytdi: "To‘fon endi hech qachon jamiki jonzotlarni yo‘q qilmaydi. Bu olam turar ekan, bahorda ekin ekish, kuzda o‘rim–yig‘im, yoz va qish, sovuq va issiq, kunduz va tun bo‘laveradi. Men sen bilan ahd tuzaman. Ahdimning belgisi kamalak bo’ladi."

Birinchi kamalak osmonda paydo bo’ldi. Qanday ajoyib ranglar! Shu kungacha kamalak bizga Xudoni O’z so’ziga sodiqligini eslatib turadi. Xudo O’z so’zini bajaradi. Siz Xudoga 100% ishonishingiz mumkin. Xudo haqida o’ylang, keyingi safar siz kamalak ko’rasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita kishi, ayol, Nuh, Nuhning xotini, Xudoning ovozi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)