STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 080 (A bill for Mom)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

80. Ona uchun hisobot


Jasminaning eng yaxshi ko’rgan narsasi o’yinchoqlar turadigan tokchada turar edi.

Jasmina: "Pul kerak. Kattalar imtiyozga egadirlar. Ular nimani xohlasalar o’shani sotib oladilar. Menda bir fikr bor."

Jasmina shoshilardi. Tushlikdan keyin u xonasiga kirdi. Unga kerak bo’lgan narsa qalam va qog’oz edi.

Jasmina: "Jasmina uchun to’lov ro’yxati. Men bekorga ishlaydigan qul emasman:

Idishlarni taklash $2,50

Vannani tozalash $4,-

Har kuni stoldan idishlarni yig’ishtirish $8,-

Xonalarni tozalash (qiyin ish!) $13,50

Idish yuvish mashinasini bo’shatish $5,-

Ahlatni to’kib kelish (u qanday sassiq!) $8,-

Hammasi bo’lib … 15, 21 … $41,-

Iltimos tezroq to’lab qo’ying!

Sizni g’ayratli qizingiz Jasmina."

Jasmina bu to’lov qog’ozini yashirincha oshxonaning stolini ustiga qo’yib qo’ydi. Kechki tushlikda u bu qog’ozni tarelkasini ustidan oldi. Lekin u xatni yolg’izligida ochdi.

Jasmina: "Hozir men qiziqyabman, nima yozilgan ekan-a? (xatni ochganda ichidan pulni tushgan ovozi) To’ppa to’g’ri $41,-! Men hech qachon bunday boy bo’lmaganman. Oh, bu yerda nimadir yozilgan:

Mening azizim Jasmina!

Mana sen so’ragan narh. Sen rostdan ham g’ayratli qizsan. Vaqting bo’lganda iltimos mening ro’yxatimni ham o’qigin.

10 yil men seni narsalaringni yuvdim to’lanilmaydi

10 yil men sen uchun narsalar pishirdim to’lanilmaydi

Kasal bo’lganingda sen uchun qayg’urdim to’lanilmaydi

Men sen bilan birga o’ynadim to’lanilmaydi

Men har doim seni muammolaringni

tinglashga va qayg’urishga vaqt topdim to’lanilmaydi

Men bu ro’yxatni yana davom ettirmoqchi emasman. Men nima qilgan bo’lsam, xursand bo’lib chin dildan qildim, chunki men seni sevaman, mening azizim. Sening oying."

Jasmina uyalib ketdi. Onasini yoniga yugurib borib mahkam quchoqlab oldi.

Jasmina: "Oyijon, men yana sizga boshqa hech ham to’lov qog’ozini bermayman. Mana pulni qaytarib oling. Men sizni sevaman!"

Boshqalarga yordam berish ularga quvonch va ular ham boshqalarga yordam berish imkonini beradi. Yaqinda Onalar Kuni bo’ladi. Siz quvonch berishni xohlaysizmi? Onangizda surpriz qilish uchun sizda yaxhsi g’oya kelishiga tilakdoshman.

Esingizda bo’lsin: Boshqalarga quvonch ulashsangiz, sizga ham qaytadi. Faqat Onalar Kunida emas, har doim quvonch ulashish kerak.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Jasmina

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:00 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)