Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 061 (A new star 1)
61. Yangi yulduz 1
Milliard yulduzlar osmonda charaqlar edi. Bobildagi munajjimlar teleskopda yorqin yulduzlarni tekshirardilar.
1chi munajjim: "Qaranglar yangi yulduz! Bu yulduz oldin bu yerda bo’lmagan edi."
2chi munajjim: "To’gri aytasiz. Birdan yangi yulduz paydo bo’libdi. Bu nimani bildiradi?"
Bu munajjimlar osmonshunoslik haqida ko’p narsani bilar edilar. Savollariga javob toppish uchun tosh yozmalarni va o’rama qog’ozlarni tekshirib chiqdilar.
1chi munajjim: "Mana u: Yulduz Yahudiyada Shoh tug’ilganini bizga ko’rsatar ekan."
2chi munajjim: "Juda muhim Shoh! Biz Uni topishimiz va sajda qilishimiz kerak. U bizning ham Shohimizdir."
Abadiy Shoh Iso tug’ildi.
Xudo birinchi Isoni tug’ilgani haqida cho’ponlarga, keyin esa Bobildagi munajjimlarga aytdi.
Tez orada munajjimlar sumkalarini va sovg’alarini tuyalariga yukladilar. Ular 620 chaqirim yo’lni bosib o’tdilar. Ular tog’larni oshdilar. Chunki ular uchun Iso muhim edi. Ular Isoga ta’zim qilib, hammaga Isoni o’zlarini Shohlari deb qabul qilganlarini ko’rsatmoqchi edilar.
Siz ham Mavlud ayyomida shunday qilasizmi? Isoni Rabbingiz va Najotkoringiz bo’lishini xohlaysizmi?
Charchab, holdan toygan munajjimlar va nihoyat buyuk shahar Quddusga yetib keldilar.
1chi munajjim: "Yangi tug’ilgan Shoh qayerda? Biz Uning yulduzini ko’rdik va ta’zim qilgani keldik."
Hech kim ularga javob bermadi. Odamlar bu savoldan hayron bo’lib, yo’llarini davom ettirardilar. Shoh Hirod hammadan ham ko’proq havotirga tushdi. Hamma qo’rqadigan shoh Hirod havotirga tushib taxtni yo’qotishdan qo’rqar edi. Hirod tezgina ruhoniylar va Tavrod tafsirchilarini chaqirtirdi.
Hirod: "Yahudiylarning Shohi qayerda tug’ilishni bilasizlarmi?"
Tavrot tafsirchisi: "Albatta bilamiz. Biz Xudoning So’zini o’rganganmiz. Shoh Baytlahmda tug’iladi."
Bu so’zlar Hirodga qilichdek botdi. Lekin u o’zini qo’rquvini hech kimga ko’rsatmadi. Hirod yashirincha Bobillik munajjimlardan so’radi:
Hirod: "Yulduz qachon paydo bo’ldi? Sizlar uni birinchi bo’lib qachon ko’rdilaring?"
Munajjimlar shubhalanmasdan, Hirodga ishonib yulduzni paydo bo’lgan vaqtini aytidilar. O’shanda Hirod nima qilish kerakligini bilib oldi.
Hirod: "Boringlar, chaqaloq to’g’risida hamma narsani aniq bilib olinglar. Chaqaloqni topganlaringizdan keyin, menga habar beringlar, toki men ham borib, Unga ta’zim qilayin."
Hirod rostdan ham shunday qilmoqchi edimi? Yo’q. Bu qo’rquvga tushib qolgan yolg’onchi shoh, yagona shoh bo’lishni xohlagani uchun chaqaloq Shohni o’ldirmoqchi edi. Munajjimlar Quddusdan ketdilar.
Keyingi hikoyada siz bo’lgan voqeani eshitasiz.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita munajjimlar, Hirod, Tavrot tafsirchisi
Copyright: CEF Germany