STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 037 (Jumping with joy at 15.00 o’clock)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

37. Soat 15.00 da hursandchilikdan sakrash


Kishi: "Bu bo’lishi mumkin emas!“

Ayol: “Ha, bo’lishi mumkin! Qarang! U yuryabdi.”

Kishi: "Balki u o’sha odamga oxshayotgandir.”

Ayol: “Men aniq aminman u o’sha odamning o’zidir. U 40 yil shol bo’lgan, endi esa u yura olyabdi.”

Kishi: "Bu mo’jiza emasmikan! Men bunday narsani oldin ko’rmaganman.”

Ayol: “Qara u qanday baxtlidir. U xursandligidan sakrayabdi.”

Bu to’g’ri: U yurib va sakrab Xudoni ulug’lardi. Odamlar unga va Butrusga anqayib qarab turar edilar.

Butrus: “Nimaga sizlar bu shol odamni yana yurgizdirib yuborganimizdek bizga qarab turibsizlar? Uni Iso yurgizdirib yubordi! Isoga ishonib biz mo’jizalar qilolamiz.”

Kun aslida oddiy kunlardek boshlandi. Butrus va Yuhanno tushdan keyin ma’badga bordilar. Har doim soat 3:00 da ma’badga borib ibodat qilish ularning odatlari edi.

Siz qachon ibodat qilasiz?

Ma’badga kiraverishda ular to’xtab qoldilar. U yerda bir shol tilamchi ularga qo’l cho’zib dedi:

Shol Kishi: “Indamay o’tib ketmanglar! Rahm qilinglar! Iltimos pul beringlar.”

Butrus va Yuhanno tilamchiga qaradilar va Butrus unga dedi:

Butrus: “Menda kumush ham, oltin ham yo’q, ammo o’zimda borini beraman: Nosiralik Iso Nomi bilan senga aytaman tur va yur.”

Keyin Butrus uni qo’lidan ushlab turishiga yordam berdi. Mo’jiza ro’y berdi.

Birdaniga shol odam oyoqqa turib mustahkamlandi. U sakrardi, turib yura oldi.

Shol odam bunga ishona olmas edi. U yana sog’aydi! U yurib va sakrab Xudoni ulug’ladi. Xursandchiligi ichiga sig’masdan Xudoni ulug’ladi va hamma buni ko’rganlar ham Xudoni ulug’ladilar.

Iso sizning hayotingizda mo’jiza qilishni xohlaydi; Unga ishoning.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, kishi, ayol, Butrus, shol kishi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:33 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)