Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 036 (Identifying love)
36. Sevgini tanib bilish
Olma daraxtini qanday bilib olasiz?
Bola: “Olma hosilini berishidan bilib olaman.”
Gilos daraxtini qanday bilib olasiz?
Bola: “Gilos hosilini berishidan bilib olaman.”
Yong’oq daraxtini qanday bilib olasiz?
Bola: “Yong’oq hosilini berishidan bilib olaman.”
Biz daraxtlarni ularning mevalaridan qanday daraxtligini bilib olamiz. Yaxshi daraxt yaxshi meva beradi; Yomon daraxt yomon meva beradi.
Va qanday biz Masihiylarni bilib olamiz?
Isoga tegishli odamlarni aniqlashni muhim usuli bor. Ikki o’rtoq bu hususyatni ilk Masihiylarda ko’rdilar.
Birinchi o’rtoq: “Ra’noni urushqoq bo’lmay qolganini sezdingmi? Oldin u qo’shnilaridan nolir, urushar edi, lekin hozir quduqdan suv olib keladi, yordam beradi. Men boshqalarga bunday sevgini oldin ko’rmaganman.”
Ikkinchi o’rtoq: “Jasur ham birdan mehribon bo’lib qolgan. U boshqa urushmayabdi. Bir necha haftadan beri boshqacha bo’lib qolgan.”
Birinchi o’rtoq: “Isoga ishonganlar bilan xuddi shunday bo’ladi. Siz ularni Masihiy ekanligini ularning bir-biriga bo’lgan sevgisidan bilib olasiz.”
Ikkinchi o’rtoq: “Ular har kuni ibodat qiladilar. Ularda buning uchun shuncha vaqt borligiga hayronman. Ular hatto xursand yuradilar. Ular eng yaxshi do’stdirlar.”
Birinchi o’rtoq: “Tassavur qil Yusuf ham dalasini sotib pulini qambag’allarga tarqatib beradigan imonlilarning yetakchilariga olib kelib berdi.”
Ikkinchi o’rtoq: “U jinnimi?”
Birinchi o’rtoq: “Ba’zilari hatto uylarini sotib hamma narsani kambag’allarga berganlar.”
Ikkinchi o’rtoq: “Qanday birlikda yashagan ekanlar. Qizg’anish o’rniga bir-birlari bilan bo’lishgan ekanlar.”
Ular o’zgarganlar. Ular bir-birlarini sevganlar – boshqalar buni ko’rib hayron qolganlar.
Masihiylarning hayoti Xudo Muqaddas Kitobda o’rgatganiga mos kelgan.
(musiqa cholinadi)
Faqat Muqaddas Ruh to’gri hayot kechirishimiz uchun sabab bo’la oladi. Uning mevalari: sevgi, sevinch, tinchlik, sabr, yaxshilik, xayrihohlik, sadoqat, muloyimlik va ibodir. Sizning hayotingiz shunday hosil keltiryabdimi?
Isoga ishonish sizni o’zgartiradi. Kimningdir yuragi o’zgarsa, keyin kimdir buni belgisini ko’ra oladi. Odamlar bunday hususiyatlarni ko’ra olyabdimi?
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bola, ikkita do’stlar
Copyright: CEF Germany