STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 035 (Rendezvous in Jerusalem)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

35. Quddusdagi uchrashuv


Har joydan odamlar kelgan edilar. Hatto boshqa o’lkalardan ham kelgan edilar. Ular Hosil Bayramini nishonlagani Quddusga quyilib kelayotgan edilar. Minglab odamlar ko’chalarda yurgan edilar. O’sha kuni Rabbiy Isoning shogirdlari ibodat qilish uchun bir joyga to’plangandilar. Birdaniga ular kuchli, shidadtli shamol ovozini eshitdilar. Ko’chadagi odamlar ham ovozni payqadilar. Bu nima bo’lishi mumkin?

Nimadir bo’ldi. Alanga tiliga o’xshagan narsalar shogirdlarning har birining ustiga tushdi. Bu mo’jiza nimani bildirdi?

Bu ajoyib narsa Isodan in'om edi. Iso Muqaddas Ruhini shogirdlariga berdi. Iso do’stlarini esidan chiqarmagan edi. Muqaddas Ruh orqali Iso har doim bolalari bilan birgadir. Muqaddas Ruh Yupatuvchi, Maslahatchi va Hamrohdir. Muqaddas Ruh orqali Xudoning bolalari har doim samodagi Iso bilan munosabat qiladilar.

Xonani o’rtasida odamlar hayratdan qotib qolgan edilar.

Odamlar: “Bu nimani bildiradi?”

Quvonchga to’lgan shogirdlar olomonga Iso haqida aytdilar. Tasavvur qiling, hatto boshqa mamlakatdan kelgan odamlar ham ularni tushundilar. Har bir inson Isoning do’stlari ularning tillarida gapirganlarini eshitdilar. Shogirdlar hech qachon o’rganmagan tillarda gapira boshladilar. Faqat Iso buni qila oladi.

Ba’zilar ularning ustidan kulib:

Masxaralovchi: “Ha, sizlar ertalabdan mast bo’lib qolibsizlar!”

Keyin Butrus so’zlay boshladi:

Butrus: “Yo’q, hech kim ichmagan. Xudo O’z va’dasini bajarib bizga Muqaddas Ruhini jo’natdi.”

Butrus Isoni qanday o’lganini va qayta tirilganini va hozir samodaligini jasorat bilan gapirib berdi.

Odamlar: “Bu yaqinda Isoni bilib turib undan voz kechgan Butrusmi?”

Ayol: “U o’sha. U boshqa qo’rqoqlik qilmayabdi. U umuman o’zgaribdi.”

Muqaddas Ruh orqali Xudo Butrusni jasur guvohga aylantirdi. Va Butrus olomonning yuragiga yetib boradigan so’zlarni gapirdi.

Kishi: “Biz nima qilishimiz kerak?”

Ayol: “Biz juda ko’p nato’g’ri ishlar qilganmiz.”

Butrus: “Rabbiy Isoga ishoning va Xudo sizni kechiradi va siz Muqaddas Ruhni qabul qilasiz.”

3000ta odam tavba qildilar. Ular Isoni ibodatda chaqirdilar va najot topdilar. Bu Hosil Bayramidan keyin shogirdlar yangi quvonchga ega bo’ldilar.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, masxaralovchi, Butrus, kishi, ayol

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:31 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)