STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 034 (The most important question)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

34. Eng muhim savol


Shogirdlar biror narsa deyolmasdan osmonga anqayib qarab turar edilar. Iso ularga gapirib bo’lgach birdaniga ularning ko’zi o’ngida osmonga, bulutlar ichiga yo’qolib qoldi.

Kutilmaganda oq kiyimli ikkita odam ularning oldida paydo bo’ldi.

Farishta: “Nimaga osmonga qarab turibsizlar? Iso osmonga qanday ko’tarilgan bo’lsa, shunday qaytib keladi.”

Iso yana keladi! Bu uning osmonga ko’tarilishidagi buyuk va’dasidir, shunday emasmi?

Qiz: “Isoni qayta kelishi to’g’rimi?”

Ha. Muqaddas Kitobda Isoning O’zi shunday degan: “Men sizlarga joy tayyorlagani ketyabman va Men bilan u yerda abadiy bo’lishlaring uchun olib ketishga yana qayta kelaman.”

Bola: “Qachon Iso yana keladi?”

Shogirdlar Isodan shu savolni so’raganlarida Iso shunday javob berdi:

Iso: “Bu vaqt soatni bilishingiz muhim emas. Muhimi Meni esdan chiqarmaslikdir. Menga ishoning va kuting. Bu vaqt yana qachon kelishini faqat Ota Xudo biladi.”

Iso Uni kelishini bilib olishimiz uchun nimalar sodir bo’lishini aytdi. Uning kelishidan oldin, urushlar va yer qimirlashlar bo’lishini aytdi. Shular sodir bo’lganda Uning kelishi yaqindir.

Qiz: “Va Iso qanday keladi?”

Bola: “Bulutlar ichida, to’g’rimi?”

Siz yaxshi tinglabsiz. Iso kutilmaganda birdaniga keladi. Hech qanday gazeta, hech qanday SMS bu haqida habar bermaydi. Lekin hamma Uni ko’radi. Isoni esdan chiqarganlar, Isosiz yashaganlar, Iso yo’q deganlar – qo’rquvdan daxshatga tushadilar. Isoni sevganlar va Uni kutganlar – xursand bo’lib Iso bilan jannatga ketadilar.

Men Iso tarafidamanmi? Sizchi? Bu har doim eng muhim savoldir. Xudo har bir insonni Iso bilan birga bo’lishga qaror qilishini va jannatga borishini xohlaydi, chunki Xudo bizni sevadi.

Isoga ishonish biz Uning tarafida ekanligimizga kafolatdir.

Iso yana keladi! Men ko’p kutmasligimga ishonaman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, farishta, qiz, bola, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:30 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)